Tavsiya etilgan so‘zlar: ajoyib, tayinsiz; aybdor, jinoyatchi; qapishmasang,
tutashmasang; ko‘rimsiz, badbashara.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
10.1- topshiriq.
„Kishining qalbi shishadek nozik“ mavzusida evfemizm va disfe-
mizmlar haqida matn yarating.
10.2- topshiriq.
Matnni audionutq shaklida taqdimot qiling.
11- mavzu. OLMOSHLAR USLUBIYATI
11.1- mashq.
She’riy parchalar bilan tanishing. Olmoshlarni topib, ularning badiiy
matnlarda qo‘llanishiga e’tibor bering. She’rlarda olmoshlar nima maqsadda tak-
ror qo‘llangan deb o‘ylaysiz?
I. Kimki sening aybingni aytur sanga,
Shafqat ila lutf-u karam qil anga.
Poshshoxoja
II. Kim ko‘ribdir, ey ko‘ngil, ahli jahondin yaxshilig‘,
Kimki ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.
Bobur
Do'stlaringiz bilan baham: |