Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/137
Sana28.09.2021
Hajmi5,33 Mb.
#187827
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137
Bog'liq
ONA TILI 11-2-qism

IJODKORNING BAXTI

Men O‘tkir Hoshimov bilan jumhuriyatimizning hamma viloyatlarini, tuman-

larini necha martalab aylanib chiqqanman. Qayerga bormaylik, uni odamlar o‘rab 

oladi, kitoblaridan olgan taassurotlarini to‘lib-toshib gapirib beradilar va, albatta, 

u  bilan  do‘st-qadrdon    bo‘lib  qoladilar. Ayniqsa,  yosh  kitobxonlarning  shundoq 

mashhur yozuvchi bilan suhbatlashganlaridan ko‘zlari yashnab ketadi.

 1986- yili O‘tkir Hoshimov shoir Erkin Vohidov bilan Qashqadaryo viloyati 

tumanlarida kitobxonlar bilan uchrashuvga boradi. Shunday uchrashuvlardan biri 

Miroqida bo‘ladi.Qo‘llari mehnatda qadoq bo‘lib ketgan bir ayol o‘rnidan turib, 

yig‘lab-yig‘lab shunday deydi:




40

–  Hozir  xudodan  vahiy  kelsa-yu  sening  peshanangda  yana  yigirma  yil  ya-

shash  bor,  mabodo  umringning  qolgan  qismini  birovga  berishga  tayyormisan? 

deb  so‘rasa,  o‘sha  yigirma  yil  umrimni  shu  ukalarimga  bo‘lib  berishga  tayyor-

man, deb javob qilardim. 

O‘sha  ayolning  qo‘lida  muqovalari  qiyshayib,  sahifalari  sarg‘ayib  ketgan 

„Dunyoning ishlari“ qissasi bor edi. Aftidan, u qissani shu bugun o‘qib tugatgan. 

So‘nggi sahifalarini o‘qigan-u yig‘inga kelgan.

… Quva tumanida  kitobxonlar bilan uchrashuv bo‘lgandi. O‘shanda Mushar-

rafxon degan qora kiyingan bir ayol O‘tkirning oldiga keldi.

– Bolam, men hu anavi maktabda farroshman. Go‘daklar ivirsitgan sinflarni 

yuvib tozalayman. Sening onang Poshsha opa ham farrosh bo‘lgan ekanlar, iloyo 

joylari jannatda bo‘lsin. Buni men maktab kutubxonasidan olgan manavi kitobni 

o‘qib bildim. – U qo‘lida ushlab turgan „Dunyoning ishlari“ kitobini ko‘rsatdi. – 

Insonning boshi toshdan bo‘lar ekan, bir o‘g‘lim Afg‘on urushida nobud bo‘ldi –  

chidadim,  chidamay  ilojim  qancha…  Kel,  bolam,  o‘g‘lim  o‘rniga  o‘g‘il  bo‘l. 

Yozuv chi o‘g‘lim bor, deb yupanib yuray…

U  shunday  deya  nimchasining  qo‘ynidan  marg‘ilonnusxa  do‘ppini  oldi  va 

boshing omon bo‘lsin, deb O‘tkirga kiydirdi. (Said Ahmad)


Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish