11.5- mashq.
Testni yeching va javobingizni izohlang.
1. Qaysi gapda biz olmoshi kamtarlik ma’nosida qo‘llangan?
A. Biz baxtli bo‘lamiz, xudo xohlasa.
Xudo xohlamasa, uchrasharmidik.
M. Yusuf.
B. Mehnatsiz bir nafas yo‘q, biz – ilhomga shaydoyi.
Mirtemir.
C. Tavba, bundoq o‘ylab qarasam, bizning uydagilarning hammasi qaribdi.
(S. Ahmad)
D. Biz shunaqa odammiz, „hayot“ni bilamiz-u, „mamot“ini bilmaymiz, tu-
shundingmi, ziqna? (T. Malik)
Do'stlaringiz bilan baham: |