„Yumshoq“ ifoda
Betaraf ifoda
Ochiq ifoda
10.3- mashq.
Qavs ichidagi so‘zlardan nuqtalar o‘rniga mosini tanlang.
1. – Uyqungiz o‘chdimi, … ( otasi, erim, yostiqdoshim, zavjim)? – Ha... O‘zing-
chi, yana xastalik azob beryaptimi? (O. Yoqubov) 2. Shu turishida opasi Boburga
ona si ning endi … (tul, beva, eri o‘lib)qolgan o‘ttiz yetti-o‘ttiz sakkiz yasharli payt-
larini eslatib yubordi. (P. Qodirov) 3. Yana, albatta, ko‘rishmoqqa umidim bor, ho-
zircha … (xayr, alvido, xudoning panohiga, ko‘rishguncha). („Onalar_kanali“dan)
4. Bu amaki ning o‘g‘li urushdan … (oyog‘idan ayrilib, cho‘loq bo‘lib, oyoqsiz bo‘lib,
oqsoq bo‘lib) keldi. („Suhbat“dan) 5. Qo‘shnimiz … (aynigan, tentak, sal bunday-
roq, jinni), lekin hech kimga zarari tegmaydi. (T. Murod) 6. Qarang-a, bu odam o‘zi …
(kal, sochi to‘kilgan, yaltirbosh, sochi yo‘q bo‘lsa ham, dimog‘i balandni ko‘zlar-
kanmi? (O. Bobojonov)
Nazariy matn
Madaniy nutq sohibi o‘z fikrini chiroyli va kishi ko‘ngliga og‘ir botmay-
digan qilib ifoda etadi. Fikrni og‘ir botmaydigan, tinglovchiga malol kelmay-
digan qilib ifodalash vositalari evfemizm (grek tilida bu so‘z „yumshoq ga-
pirmoq“ ma’nosida qo‘llangan) deyiladi. Masalan, yomon bo‘libdi degandan
ko‘ra yaxshi bo‘lmabdi deyish, kasal ifodasidan ko‘ra mazasi yo‘q deyilsa, ki-
shi ko‘ngliga qattiq botmaydi. Evfemizmni o‘rinli qo‘llash qo‘llash kishining
madaniyatliligini bildiradi. Turmush o‘rtog‘ining ismini aytmaslik (masalan,
dadasi, dadajonisi, oyisi deyish yoki katta farzandining ismi bilan chaqirish),
sizlash kabilarni ham evfemizmga misol qilish mumkin.
Evfemizmning aksi disfemizm (grek tilida bu so‘z „qo‘pol gapirmoq“
ma’nosida qo‘llangan)deyiladi. Masalan, yomon bo‘libdi tushunchasi uchun
qo‘llangan rasvo bo‘libdi, kasal tushunchasi uchun qo‘llangan dard uribdi
ifodalari disfemizmga misol. Nutqda disfemizmni ko‘p qo‘llash kishining
madaniyatsiz ekanini ko‘rsatadi.
Demak, disfemizm va evfemizm ikki chekkada, betaraf ifoda esa ular
o‘rtasida turadi: joni chiqdi – o‘ldi – uzildi kabi.
10.4- mashq.
Testlarni yeching va javobingizni izohlang.
1. „Bir tonnalik beton plita shunchaki o‘z og‘irligini ko‘tarolmay
choki dan uzilib ketdi, bir emas, uch qavatni bosib qoldi. Yaxshiyamki, ke-
chasi bo‘lgan. Agar shu falokat ertalab, maktab bolasi o‘qishga ketayotganida
yoki kech qurun odamlar ishdan qaytayotganida ro‘y bersa …“ (O‘.Hoshimov)
37
Do'stlaringiz bilan baham: |