25-mavzu (44 ta)
1. Hindistonda sodir bo’lgan qaysi holat Buyuk
Britaniyani bu yerni tezroq tark etishga majbur etdi?
A) “Hindiston milliy kongressi” yetakchiligida
boshlanib ketgan milliy-ozodlik harakati o’zining
yuqori cho’qqisiga chiqqanligi
B) AQSH va SSSRning o’z siyosiy maqsadlari
yo’lida dunyoda mustamlakachi imperiyalar saqlanib
qolishiga jiddiy qarshi chiqqanligi
С) Ikkinchi jahon urushidan keyin Buyuk
Britaniyaning zaiflashganligi va Hindistonni idora
etishga yetarli e’tibor bermaganligi
D) *Hind va musulmon diniy jamoalari o’rtasidagi
kelishmovchiliklar va oziq-ovqat inqirozi natijasida
ocharchilik holatini vujudga kelganligi
2. Buyuk Britaniya qanday asos bo’yicha
Hindistonni ikki qismga bo’lib yubordi?
A)*Aholining hind va musulmon diniy jamoalariga
mansubligi asosida
B) Mamlakatda islohotlarni amalga oshirishda
murakkabliklarni hisobga olgan holda
С) Parlamentning Hindiston haqidagi yangi
deklaratsiyasi bo’yicha milliy mansublik asosida
D) Hindistonni bo’lishda sobiq SSSR va AQSHnin
aralashi va ta’siri asosida
3. 1946 yil 9-dekabrda ochilgan Ta’sis majlisida......
A) Hindiston va Pokiston tashkil topganligi e’lon
qilindi
B) *Hindistonni ikki davlatga bo’lish rejasi ishlab
chiqildi
С) Bombey harbiy dengiz matroslari talablari ko’rib
chiqildi
D) Hindistonda kuchayib ketgan milliy-ozodlik
harakatini bartaraf etish
4. Maxatma Gandi kimlar tomonidan o’ldirildi?
A) Hindistonda boshlangan ommaviy g’alayonlar
vaqtida musulmon ayirmachilari vakili tomonidan
B) Britaniya ma’murlari ishlab chiqqan reja asosida
musulmon libosidagi ingliz askari tomonidan
С) *Maxatma Gandi qarashlariga qarshi bo’lgan hind
mutaasibi tomonidan
D) Ommaviy qo’zg’alonlar vaqtida o’ldirilgan, qotil
ma’lum emas
5. Eron shohi Nodirshoh o’ldirilgan yildan 200 yil
o’tib jahon tarixida qanday muhim voqea ro’y berdi?
A)* Hindiston va Pokiston tashkil topganligi e’lon
qilindi
B) Hindistonning yangi konstitutsiyasi ishlab chiqildi
С) Hindiston va Pokiston o’rtasida urush boshlandi
D) Moxandas Karamchand Gandi o’ldirildi
6. Hindiston va Pokiston davlatlari tashkil topgan
vaqtda ularni birinchi rahbarlari kimlar edi?
A) Hindistonda Maxatma Gandi, Pokistonda
Ayubxon
B) *Hindistonda J.Neru, Pokistonda Liikat Alixon
С) Hindistonda J,Neru, Pokistonda Ayubxon
D) Hindistonda M.Gandi, Pokistonda Liikat Alixon
7. Quyidagi voqealar va ularning sanalari to’g’ri
ko’rsatilgan qatorlarni aniqlang?
1. Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
2. Hindiston va Pokiston o’rtasida urush boshlandi
3. Hindiston yangn konstitutsiyasi qabul qilindi
4. Pokistonda harbiy to’ntarish yuz berdi
5. Hindiston va Pokiston davlatlari tashkil topdi
a) 1947 yil b) 1949 yil s) 1965 yil d) 1966 yil
ye) 1977 yil
A) 1-s, 2-d, 3-b, 4-a, 5-e B) 1-b, 2-a, 3-e, 4-
d, 5-s
С) *1-d, 2-s, 3-b, 4-e, 5-a D) 1-a, 2-b, 3-e, 4-
s, 5-d
8. Hindiston va Pokistonni bo’linish paytidagi
mojorolarda odamlarning ommaviy o’ldirilishi......
A)* Hindiston va Pokiston o’rtasida o’zaro
dushmanelik hissini shakllantirdi
B) Buyuk Britaniya ma’murlarini rejasi asosida
amalga oshirildi
С) SHovinist hind burjuaziyasini shakllantirishga
xizmat qildi
D) Ikki mamlakat mustaqilligi bir necha o’n yilga
ortga surdi
9. Qanday ayblov Maxatma Gandi o’ldirilishiga
baxona bo’ldi?
A)* Musulmonlarni himoya qilishda ayblanishi
B) Yagona Hindistonni saqlab qolish uchun qilgan
sa’yi harakatlari
С) Kashmir viloyatini Hindistonda qoldirilishga
qarshi harakati
D) Musulmonlarga qarshi tashviqoti uchun
10. Hindiston tashkil etilgandan keyin o’tkazilgan
eng katta islohot qaysi sohada amalga oshirildi?
A) Sanoat B) *Agrar С) Sog’liqni saqlash
D) Ta’lim
11.Mustaqillik e’lon qilingandan keyin
Hindistonda iqtisodiyot sohasida qanday ishlar
amalga oshirildi?
A) *Iqtisodning barcha sohalarini erkin bozor
siyosatiga jalb qilinib, ular asosini xususiy
tadbirkorlik va xususiy investitsiyalar tashkil qildi
B) Iqtisodiyotda davlat sektori ustuvor bo’lib,
xususiy mulk shakllariniga barham berildi
С) Izdan chiqqan iqtisodiyotni tiklash va AQSH
ko’magida yangi korxonalar tashkil qilish
D) Iqtisodiyotda davlat va xususiy sektorlarni
tenglik asosida shakllantirish
12. Agrar islohot natijasida qanday tizim bekor
qilindi?
A) Ko’p asrlardan beri yerga egalik qilish va
avlodlarga meros qoldirish tizimi
B) *Yerni ijaraga berib, undan foyda olishga
asoslangan tizim bekor qilindi
С) Yerdan olingan foydaning 1/3 qismi davlat
g’aznasiga topshirish majburiyligi tizimi
D) Ma’lum bir ekinlarga qo’yilgan davlat
monopoliyasi bekor qilindi
13. Hindistonda o’tkazilgan agrar islohot
natijasida,,,,
1.Mehnat unumdorligi oshib bordi
2. Mehnat unumdorligi oshmadi
3. Aholining turmush darajasi ko’tarildi
4. Yuqori hosil olish kuzatildi
5. Hosildorlik juda sekin o’sdi
6. Iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi
7. Oziq-ovqat muammosi uzoq vaqt saqlanib qoldi
8. Dehqonlar huquqlari tiklandi
A) 1.4.8 B)* 2.5.7 С) 3.6.8 D)
2.6.7
14.Hindistonda jadal industrlashtirish qachon
boshlandi?
A)* 1950-yillarning ikkinchi yarmi- 1960 yillar
B) 1960-yillarning ikkinchi yarmi- 1970 yillar
С) 1950-yillarning ikkinchi yarmi- 1970 yillar
D) 1950-yillarning birinchi yarmi- 1960 yillar
15. Hindistonda jadal industrlashtirish natijasida,,,
A) G’arb mamlakatlari namunasi asosida xususiy
korxonalar soni oshib bordi
B) Yirik burjuaziya va monopolistik unsurlar
noroziligi kuchaydi
С) Mamlakatda ishlab chiqarish yuksak su’ratda
oshib bordi
D) * Davlatga qarashli yirik sanoat korxonalari
qurildi
16. 1960 yillarda Hindistonda sog’liqni saqlash,
ta’lim, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar,
iqtisodiyotda o’zgarishlarga qaramasdan nima uchun
aholining yashash darajasi, turmush madaniyati
pastligicha qolaverdi?
A) Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
asosiy qismi tashqi bozorga yo’naltirilgan edi
B) *Iqtisodiyotdagi o’sish natijalari aholining o’sish
sur’atlari oldida juda past edi
С) Mamlakat aholisining savodxonlik darajasi past
bo’lib, kadrlar asosini horijlik mutaxasislar tashkil
qilar edi
D) Mamlakatda Pokiston bilan boshlangan urush
holati, tashqi qarzlarning o’sib borishi
17. XX asrda mustaqillikka erishgan Osiyo va Afrika
mamlakatlari ichida qaysi davlat muqim parlament
demokratiyasini shakllantira olgan yagona davlat
bo’ldi?
A) Pokiston B) *Hindiston С) Misr
D) Eron
18. Hindiston konstitutsiyasiga binoan qanday asosiy
printsiplar e’lon qilindi?
1.Dinlar erkinligi
2. Demokratik erkinliklar
3. Jamiyatda ayollar ishtiroki
4. Inson huquqlari
5. Kastalar tengligi
6. Siyosiy huquqlar
7. Hokimiyatning bo’linishi
8. Iqtisodiy va ijtimoiy erkinliklar
A) 1.3.6.7 B)* 2.4.5.7 С) 1.2.7.8
D) 2.3.6.8
19. Hindiston konstitutsiyasi qachon qabul qilindi?
A) 1947 yil B) 1948 yil С)* 1949 yil
D) 1950 yil
20. Hindiston va Pokiston o’rtasida urushni to’xtatish
uchun muzokaralar qaysi shaharda bo’lib o’tdi?
A) Moskva B)* Toshkent С) London
D) Boku
21. Hindiston va Pokitson o’rtasida urushni
to’xtatish uchun muzokaralar qachon bo’lib o’tdi?
A) *1966 yil B) 1965 yil С) 1951 yil
D) 1949 yil
22. Hindiston va Pokiston o’rtasida urushni to’xtatish
uchun muzokaralar qanday yakunlandi?
A)* Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanib,
Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
B) Urush harakatlari 10 yilga to’xtatilib, muzokaralar
o’tkazish davomiyligi kelishib olindi
С) Muzokara shartlari har ikki tomonni qoniqtirdi va
Moskva deklaratsiyasi qabul qilindi
D) Muvaffaqiyatsiz yakunlandi, ikki tomonlama
muzokaralar davom etmadi
23. Hindiston va Pokiston o’rtasida urush haraktlari
qachon boshlandi?
A) 1960 yil B) 1963 yil С)* 1965 yil
D) 1966 yil
24. Hindiston iqtisodiyotidagi turg’unlik holati
qachon yuz berdi?
A) 1950-1960 yillar B) 1965-1966
yillar
С)* 1966-1967 yillar D) 1960-1970
yillar
25. Hindistonda 1960 yillarda o’tkazilgan agrar
islohoti natijasida,,,,,,
1. Ahvol sezilarli yaxshilanmadi
2. Qishloq xo’jaligi muvaffaqiyatli tarzda o’sib
bordi
3. Ijara tizimi shakllantirildi
4. Hind dehqonlari ochlik darajasida kun kechirdi
5. Oziq-ovqat muammosi o’z yechimini topdi
6. Horijiy investitsiyalar jalb etildi
7. Mehnat unumdorligi oshib bordi
8. Bozor munosabatlari shakllantirildi
A) 2.5 B) 6.8 С) 3.7 D)* 1.4
26. 1970 yillari Indira Gandi o’tkazgan islohotlar
asosan nimaga qaratilgan edi?
A) CHet el kapitalini Hindiston iqtisodiyotiga jalb
etish
B) Iqtisodiyotda davlat sektorini ustuvor qilish
С)* Iqtisodiyotga davlat aralashuvini kamaytirish
D) Davlat va xususiy sektorlarni rivojlantirish
27. 1970 yillari Indira Gandi o’tkazgan islohotlar
qanday natijalar berdi?
1. Iqtisodiy qiyinchiliklar ortib bordi
2. Sanoat va qishloq xo’jaligi yillik o’sishi keskin
oshdi
3. Islohotlar natijasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi
4. Mamlakat g’alla bilan o’z-o’zini ta’minlay
boshladi
5. Hindistonda uysizlar va ochlar safi kengayib bordi
6. Aholi yashash darajasida ijobiy o’zgarishlar
kuzatilmadi
7. CHet el investitsiyalari ko’paydi
8. Turmush madaniyati pastligicha qolaverdi
A) 1.3.6 B) 1.5.6 С) 2.5.8
D)* 2.4.7
28. Qachondan Hindiston o’zini o’zi g’alla bilan
ta’minlay boshladi?
A) 1950 yillar oxirlaridan
B) 1960 yillar o’rtalaridan
С) 1970 yillar oxirlaridan
D)* 1980 yillar o’rtalaridan
29. 1990 yillar boshlaridan Hindiston iqtisodiy
ahvoliga ko’ra,,,,,
1. Iqtsiodiy o’sish sur’atlari oshib bordi
2. Iqtisodiy ahvol yomonlashdi
3. Turg’unlik holati kuzatildi
4. Ishlab chiqarish hajmi kengaydi
5. Iqtisodiy o’sish deyarli to’xtadi
6. Iqtisodiy o’sish oshib bordi
7. Inflyatsiya kuchaydi
8. Ish tashlashlar mamlakatni qamrab oldi
9. Yalpi milliy mahsulot ulushi ko’paydi
10. Ishsizlik oshib bordi
A) 1.4.6.9 B) *2.5.7.10 С) 3.5.8.10
D) 1.6.8.9
30. “J,Neru kursi” qachon shakllandi?
A) *1950 yillari B) 1960
yillarning o’rtalaridan
С) 1960 yillar oxirlari D) 1970
yillar
31. “J.Neru kursi” nima?
A)*Buyuk davlatlar o’rtasidagi mojorolardan chetda
turish siyosati
B) Mavjud partiyalar va harakatlar orasida
“Hindiston milliy kongressi”ning ustuvorligni
ta’minlash siyosati
С) Xalqaro maydonda Hindiston obro’sini oshirish
D) Tashqi siyosatda sobiq SSSRni qo’llab-
quvvatlash siyosati
32. Qo’shilmaslik siyosatining tashabbuskorini
aniqlang?
A) I.Gandi B) *J.Neru С) Ziyo ul-
Haq D) Benazir Bxutto
33. Qanday harakat Hindistonni butun XX asrda
tashqi siyosatini belgilab berdi?
A)* Qo’shilmaslik B) Hamkorlik С)
Diniy mojorolar D) Ayirmachilik
34. Qanday omil Pokiston uchun millatni
jipslashtiruvchi omil bo’ldi?
A) Tenglik va ozodlik B) *Islom dini
С) Tolerantlik D) Millatparvarlik
35. Hindiston va Pokiston o’rtasida o’zaro
dushmanlik hissini shakllanishiga qanday voqealar
sabab bo’ldi?
A) Diniy mansublikka qarab aholini ikki qismga
bo’linishi
B) * Odamlarni ommaviy o’ldirilishi
С) Hindistonda asrlar davomida yashab kelgan
musulmonlarni majburiy ravishda Pokistonga
ko’sirtirish
D) Kashmir masalasi
36. Hindistonning ikki qismga bo’linishi qanday
muammolarni keltirib chiqardi?
1.Iqtisodiyotning xonavayron bo’lishi
2. Odamlarning ommaviy o’ldirilishi
3. Uysiz va ishsizlarning paydo bo’lishiga
4. Ochlar safini kengayishiga
5. O’z yurtini tashlab boshqa hududlarga ko’chish
6. Diniy mutaasiblar sonini oshishi
A) 1.4 B)* 2.5 С) 3.6
D) 1.6
37. Qanday omil yangi Pokiston davlatining
siyosiy va iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga halaqit
berdi?
A)* Diniy va hududiy mojorolar
B) Hindistondan ommaviy aholining ko’chib
kelishi
С) Mamlakatda ishsizlik soning keskin oshib
ketishi
D) Hikimiyat uchun turli guruhlarning kurash olib
borishi
38. Pokistonda harbiy to’ntarish qachon ro’y
berdi?
A) 1966 yil B) 1970 yil С)* 1977 yil
D) 1988 yil
39. Pokistonda harbiy to’ntarish natijasida
hakimiyatga qaysi siyosiy arbob keldi?
A) Liikat Alixon B) *Ziyo ul-Haq
С) B,Bxutto D) Ayubxon
40. 1988 yilda Pokistonda saylovlar natijasida qaysi
siyosiy arbob keldi?
A) Zulfiqor Ali Bxutto B)* Benazir
Bxutto
С) Biloval Zardoriy D) Navoz
SHarif
41. Pokistonda Ziyo ul-Haq hokimiyatga kelgach,
qanday ishlarni amalga oshirdi?
1.Parlamentni tarqatib yubordi
2. Ayollar huquqlari to’g’risida bayonot berdi
3. Premer-ministrni vazifasidan ozod qildi
4. Agrar islohot o’tkazdi
5. Erkin saylovlar tayinladi
6. Hindiston bilan muzokaralarga kirishdi
A) 2.4.6 B) 1.2.5 С) 1.3.5
D) 3.4.6
42. Benazir Bxutto nomzodi qaysi partiyadan
ko’rsatilgan edi?
A) Musulmon ligasi B)* Pokiston
xalq partiyasi
С) Adolat uchun harakat D) Belujiston
Avomi
43. Benazir Bxutto dastlab hokimiyatga kelgach,,,,,
A) Mamlakatda erkin saylovlar tayinladi
B) *Ziyo ul-Haq davrida qamoqqa olingan barcha
siyosiy arboblarga amnitstiya berdi
С) Ziyo ul-Haq tarafdorlarini qamoqqa oldi va
mamlakat parlamentini tarqatib yubordi
D) Hindiston bilan yarashish bitimini amalga
oshirishga kirishdi
44. 1990 yili Pokiston prezidenti bosh vazir
B.Bxuttoga qanday ayblovlar qo’ydi va vazifasidan
ozod qildi?
A) *Hukumatni korruptsiyada aybladi
B) Mamlakatda ishsizlikni kuchayib ketishida
aybldadi
С) Mamlakatda siyosy tarqoqlikni kuchayib
ketishida aybladi
D) Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi keskin
choralar qo’llamaganlikda aybladi
Do'stlaringiz bilan baham: |