Lider ayollar qatlami qanday yaratiladi? Aziza Umarova bilan suhbat



Download 19,66 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2022
Hajmi19,66 Kb.
#673866
  1   2   3   4
Bog'liq
lider ayol


Lider ayollar qatlami qanday yaratiladi? Aziza Umarova bilan suhbat
Kun.uz jamiyatda o‘z o‘rnini topgan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega, o‘z sohasining yetakchilaridan bo‘lgan ayollar bilan fikrlashuv manzili − «O‘zbekoyim» ruknini boshlamoqda.
Jamiyatning faol ayollar qatlamini tanitib boruvchi «O‘zbekoyim»ning ilk mehmoni − Aziza Umarova.
Aziza Umarova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Buyuk Britaniyaning Sent-Endryus universitetida tahsil olgan. Davlat boshqaruvida islohotlar va modernizatsiya, elektron hukumat, gender masalalari bo‘yicha mutaxassis. Hozirda Singapurning SmartGov.consulting kompaniyasi ijrochi direktori. #Aziza Umar kundaligi telegram kanalida turli masalalar bo‘yicha o‘zining faol fuqarolik munosabatini bildirib boradi.
− Aziza opa, sizni rahbar, jamiyatda o‘zining faol fuqarolik pozitsiyasiga ega, har qanday masalada o‘z fikrini ilgari sura oladigan kuchli ayol sifatida bilamiz. Shuningdek, oila bekasi va onasiz. Bularning barchasiga qanday ulgurasiz?
− Menimcha, har bir ishni o‘zining kerakli vaqtida qilganman. Ta'lim olish kerak bo‘lgan paytda o‘qidim, kar'yera qilish kerak bo‘lgan paytda ishladim. Hozir asosiy ishimdan, ulg‘ayib qolgan farzandlarim tarbiyasidan ortib, yangi O‘zbekiston qurilishida faol qatnasha olaman.
2016 yildan boshlab haqiqatan ham katta o‘zgarishlar boshlanganini tan olish kerak. Oldimda tanlov bor edi: bu o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lishni istaymanmi yoki bir chetda qolib ketishni xohlaymanmi? Men ayollar ham bu jarayonda ishtirok etishi kerak, degan qarorga keldim. Shuning uchun ham ijtimoiy tarmoqlarda faol yoza boshladim, o‘z fikrimni bildira boshladim.
Muayyan bir maqsadga erishish uchun, istaymizmi-yo‘qmi, ayol erkakka qaraganda ikki hissa ko‘proq mashaqqat chekishi kerak. Oila, farzand tarbiyasi bor. Ayollik vazifalari ijodiy faoliyatda davom etishda to‘sqinlik qilgan vaqtlar ham bo‘lganmi? Bunday holatda qanday yo‘l tutgansiz?
− Bunaqa holatlar ko‘p bo‘ladi. Ammo hayotdagi har bir bunday epizod − sinov, insonning to‘xtagisi kelishi, faqat oilam bilan, bolalarim bilan shug‘ullanishim kerak, degan kechinma bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy berasiz.
Oilamning qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘tgan 16 yillik turmushim davomida oilaviy hayotni, karerani va shaxsiy izlanishni baravar olib bora oldim. O‘zbekistonda oilalar – bunda nafaqat ota-ona, balki turmush o‘rtoq, qaynona-qaynota ham qizlarni qo‘llab-quvvatlashganida edi, ilg‘or qizlar soni ko‘proq bo‘lardi.
Oilada qizga sen buni uddalay olmaysan, bu senga kerak emas, buni qilma, demaslik kerak. Qiz bolaning o‘ziga beradigan bahosi, kurashish uchun kuch topa olishi aynan shunga bog‘liq.

Download 19,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish