K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si


Ingibitor, katalizator, ferment, enzim



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Ingibitor, katalizator, ferment, enzim 
Ingibitor  so‘zi  lotinchadagi  «inhibere»  -  «tutib  turmoq»,  «yo‘l  qo‘ymaslik»  singari 
ma’nolarga mos keladi. Ingibitorlar katalizatorlarga teskari xususiyatli moddalardir. Ya’ni, ular 
kimyoviy reaksiyalarni sekinlashtiradi, yoki, to‘xtatish vazifasini bajaradi. «Katalizator» so‘zi 
esa yunon tilidan kelib chiqqan. Bu tilda «katalysis» degani «buzish», «vayron qilish» degan 
ma’nolarni beradi.  Biroq, kimyo fani orqali biz tanigan katalizator termini uchun bu ma’no 
uncha mos  emasdek tuyuladi. Aslida esa bu bejiz emas. Ushbu  terminni kimyo fanida keng 
qo‘llanishida  shved  olimi  Yens  Yakob  Berseliusning  xizmati  katta.  U  ilk  marta  katalizator 
terminini  o‘zining  1836-yilga  oid  ilmiy  risolalarida  qo‘llagan.  O‘sha  paytlarda  kimyogarlar 
juda  oz  turdagi  katalitik  reaksiyalar  haqida  bilishar  edi.  Shunday  reaksiyalardan  biri  – 


73 
 
kraxmalning katalitik parchalanishi va fermentlar ta’sirida shakarga ayanishi jarayoni bo‘lgan. 
Bunda  katalaza  fermenti  hujayralar  uchun  xavfli  vodorod  peroksidni  parchalab  uni  suv  va 
kislorodga  aylantirib  yuboradi.  Lotin  tilidan  olingan  «ferment»  so‘zining  tub  ma’nosi 
«achitish», «bijg‘itish» ma’nolarini beradi. Yunon tilida esa ayni shu so‘zlarni «zyme» so‘zi 
bilan ifodalanadi. Ya’ni, «ferment» va «enzim» so‘zlari mos ravishda lotin va yunon tilidagi 
aynan bitta ma’nodagi so‘zlardir. Zamonaviy ilm-fanda bu ikkala so‘z o‘zaro sinonim sifatida 
qo‘llanadi. Lekin, fermentlar haqidagi fanning o‘zini esa enzimologiya deyiladi. Shuningdek, 
sterinlardan biri – zimosterin (zymosterolning nomi ham aynan ushbu ildizdan kelib chiqqan.  
Fermentlarning  aksariyatining  nomi  «-aza»  bilan  tugaydi.  Inglizchada  ferment 
nomining bu qismi «-ase» tarzida yakunlanadi. Ushbu tarzda qo‘shimcha qo‘shish, fermentlar 
ichida eng birinchi kashf qilingani – distaza nomi orqali urf bo‘lgan. Ushbu fermentni birinchi 
bo‘lib, 1833-yilda farang kimyogarlari Anselm Payya (1795-1871) hamda, Jan Fransua Perso 
(1805-1858)  arpa  donining  unib  qolgan  holatdagi  ko‘rinishidan  ajratib  olishgan  edi.  Ular 
mazkur modda kraxmalni shakarga aylantira olish xossasiga ega ekanini payqashgan. Va bu 
jarayon distaza  yordamida kislotalar  yordamida bajarilgandagidan ko‘ra tezroq ro‘y bergan. 
Ferment nomi yunoncha «distasis» - «ajratmoq» so‘zidan olingan. Distaza – ovqat hazm qilish 
fermenti bo‘lib, uning ilm-fandagi yana bir nomi – amilaza deyiladi.   

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish