K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si


Ittriy, itterbiy, terbiy, erbiy



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Ittriy, itterbiy, terbiy, erbiy     
Shved  armiyasi  artilleriya  leytenanti  bo‘lgan  Karl  Aksel  Arrenius  (1757-1824) 
harbiylikdan tashqari, shuningdek havaskor mineralolog ham bo‘lgan. Voqea 1757-yilda bo‘lib 
o‘tgan.  Arrenius  o‘zi  qiziqqan  turdagi  mineral  toshlarni  izlab  topish  uchun  Stokgolm 
yaqinidagi  Resaryo  orolida  joylashgan  Itterbyu  (Ytterby)  qishlog‘idagi  dala  shpati  qazib 
olinadigan karyerlardan birida qidiruv olib borar edi. U karyerdan to‘q qora rangli yangi bir 
mineralni topib oldi va ushbu toshni, o‘sha qishloq nomi bilan, itterbit deb nom berdi. Arrenius 
topib olgan va nom bergan ushbu itterbit toshi keyinchalik juda mashhur bo‘lib ketdi. Chunki, 
ushbu mineral tarkibidan ko‘plab yangi kimyoviy elementlar kashf qilindi. Hozirda, Resaryo 
orolidagi  deyarli  barcha  ko‘chalar  elementlar  va  minerallar  nomi  bilan  ataladi.  Shuningdek, 
orolda, minerallar va kimyoviy elementlar muzeyi tashkillangan.  
Arrenius  o‘zi  topib  olgan  yangi  mineralni  Abo  shahriga  –  Finlyandiyalik  yosh 
kimyogar Yoxann Gadolin (1760-1852) ixtiyoriga yuboradi. Gadolin itterbit toshini o‘rganar 
ekan, unda, hali fanga noma’lum bo‘lgan «yer» mavjudligini aniqlagan. O‘sha paytlarda turli 
metallarning  qiyin  eriydigan  oksidlarini  umumiy  tarzda  «yerlar»  deyilardi.  1797-yilda  esa, 
shved mineralologi Andres Gustav Ekeberg ushbu «yer»ni «ittriyli yer» deb nomlashni urfga 
kiritdi. Keyinchalik, mineralning  o‘zini gadolinit deb qayta nomlashgan va uning tarkibidan 
aniqlangan kimyoviy elementni esa ittriy deb atashga qaror qilishgan.  
Oradan ancha yillar o‘tib, shved kimyogari Karl Gustav Mosander (1797-1858) «ittriyli 
yer» aslida uch xil metallning oksidlari qorishmasidan iborat ekanini ko‘rsatib berdi. Ushbu 
qorishma-aralashma  tarkibidan  mustaqil  element  sifatida  ajratib  olingan  yangi  kimyoviy 
elementlarga ham, aynan o‘sha mineral topilgan qishloq nomini bo‘laklarga ajratib taqsimlab 
qo‘yib  yuborishgan.  Ya’ni,  Itterbyu  nomidan,  itterbiy,  terbiy  va  erbiy  elementlariga  nom 
yasalgan.  Mosanderning  o‘zi  erbiy  va  terbiy  elementlarining  oksidlarini  sof  holda  ajratib 
olishga muvaffaq bo‘lgan; itterbiyning toza oksidini esa 1878-yilda Shveytsariyalik kimyogar 
Jan Sharl Galissar Marinyak (1817-1894) birinchi bo‘lib olgan.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish