Berkliy
Mazkur elementni ham Glen Siborg (1912-1999) va uning ilmiy guruhi sun’iy sintez
qilgan. Kashfiyot 1949-yilda Berklidagi Kaliforniya universitetida amalga oshirilgani sababli,
olimlar yangi elementga ushbu shahar nomini berishgan.
Kaliforniy
Siborg kashf qilgan navbatdagi kimyoviy element – kaliforniy bo‘lib, uni olim o‘z
shogirdlari bilan birgalikda, 1950-yilda Kaliforniya universitetida ajratib olgan.
Fahmlaganingizdek, bu o‘rinda ham olimlar, yangi elementga, u kashf etilgan shtat nomini
biriktirishgan. Kashfiyot haqidagi maqolada Siborg, «yuz yillar muqaddam Amerikaliklar
Kaliforniyaga qanchalik mashaqqat bilan yetib borishgani singari, ushbu elementni sintez
qilish ham shunchalik mashaqqatli bo‘ldi» - deb yozgan edi.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |