Yuqorida aytib o‘tilgan selsiy va kelvin shkalalaridan tashqari, fizikada harorat o‘lchov
birligi sifatida yan farengeyt shkalasi, Reomyur shkalasi hamda, Rankin shkalasining
qo‘llanishi ham ba’zan uchrab turadi. Reomyur va Rankin shkalalari allaqachon iste’moldan
chiqqan. Ularni mos ravishda, fransiyalik olim Antuan Reomyur (1683-1757) va shotlandiyalik
fizik Jon Uilyam Rankin (1820-1872) fanga taklif qilgan edi. Ulardan farqli o‘laroq, nisbatan
noqulay shkala bo‘lishiga qaramay, nemis fizigi Gabriel Farengeyt (1686-1736) tomonidan
taklif etilgan va uning nomi bilan bog‘langan shkala ancha yashovchan bo‘lib chiqdi. Hozirda
farengeyt shkalasi asosan AQShda va shuningdek, Liberiya va Myanma davlatlarida
104
qo‘llaniladi. Aytgancha, «shkala» so‘zining o‘zi lotincha scale - «narvon» so‘zidan kelib
chiqqan.