Microsoft Word shajarayi xorazmshohiy lotin ziyouz com doc



Download 406,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/72
Sana28.09.2021
Hajmi406,42 Kb.
#187352
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72
Bog'liq
shajarayi xorazmshohiy

www.ziyouz.com kutubxonasi 

31

etdi. Amirning kishilari olarning justijo‘larida yurudilar. Ul vaqtda fuqaro hujum etib, Ur havliga borib 



qulfni sindurub, darvozann ochib Otajon to‘rani chiqordilar. Otajon to‘ra otlanib jaluida bir necha 

shotir bila Urganj darvozasig‘a bordi. Ul kun Rahmatullo yasavulboshi Arkka kelib amirni ko‘rub 

salom berdi. Amir dedi: «Xon qochib yurtdin chiqib ketdi. Ondin so‘ng ulug‘-kichik jam’ bo‘lub bizni 

shundog‘ etdilar». Rahmatullo yasavulboshi boshini irg‘otib, amirning yuziga qarab: «Avval 

dushmannnng daf’in eting, ondin so‘ng ne bo‘lurman desangiz, munosib bo‘lur», deb chiqib keta berdi. 

Vaqtekim, Eltuzar inoq elchi bo‘lub Kaufmanning tarafiga ketdi, borib Kaufmanni ko‘rib nomani 

berdi. Kaufman noma mazmunidin ogoh bo‘lub, sulh so‘zin qabul etib dedi: «Ertang xoningni olib 

kelgil. Bu yerda oning bila sulh qilib man ushbu yerdin qaytarman». Inoqbek shaharga qaytdn. 

Kaufman Galavachofga farmon yubordikim, Xevaq xoni qal’ani bizga berdi. Emdi to‘pu miltuq 

otmoqdin qo‘l saqlasunlar. Galavachof buyurdi: Rusiya askari to‘p va miltiq otmoqdin qo‘l saqladilar. 

Inoqbek qaytib shaharga kirib Arkka kelib ko‘rdi. Falaki shu’badabozning

145


 nosozliqidin humoy bu 

oshiyondin parvoz urub o‘rnida bir chug‘z chug‘zi haqiqiy bila hamovoz bo‘lub o‘lturubdur. 

Inoqbekning hushi boshidin uchub noiloj kirib, amirga salom berdi. Amir Inoqbekning yuziga qarab 

dedi: «Sen ketgandin so‘ng, xoning qochib yurtdin chiqib kettilar. Ondin so‘ng ulug‘-kichik yig‘nolib 

bizni shundog‘ etdilar». Inoqbek dedi: «Sizni shundog‘ etgan bo‘lsalar, alhol, hol bu minvoldadur, ne 

buyursangiz andog‘ bo‘lur». Amir dedi: «Emdi andog‘ bo‘lsa, ahvolni Kaufmanga ma’lum etmakimiz 

kerakdur». Bas, buyurdi: bir noma yozdilar. Ul noma bila Inoqbekni yana yubordilar. Inoqbek nomani 

eltib Qaufmanga berdi. Qaufman ko‘rdi, nomaning mazmuni budurkim: «Muhammad Rahimxonkim, 

bizning kichik birodarimiz erdi, qochib shahardin chiqib ketdi. Ondin so‘ng ulug‘-kichik yig‘nolib 

bizni oning o‘rnig‘a xon etdilar. Biz yurtni o‘z ra’yimizcha sizga musallam topduq. Emdi ixtiyor 

sizningdur, vassalom». Kaufman kulib dedi: «Berib aytgil, Muhammad Rahimxong‘a kishi yuborib 

keltursunlar. Biz Muhammad Rahimxon bila sulh qilurmiz». Inoqbek qaytib kelib amirni ko‘rub, 

voqeani bayon qildi. Ondin so‘ng Amir to‘ra Otajon to‘raga kishi yuborib yonig‘a kelturub dedi: «Ey 

birodar, birodaring qochib, yurtdin chiqib ketdi. Ondin so‘ng ulug‘-kichik yig‘nolib bizni shundog‘ 

etdilar. Emdi birodaringni kelturganimiz yaxshi ermas. Ikkovimiz borib Qaufmanni ko‘rub shundog‘ 

bo‘lg‘si holimizda olar bila sulh qilib qolib, ikkovimiz maan

146

 viloyatni zabt etsak yaxshi erdi». 



Otajon to‘ra qabul qilib, ikkovlari hamroh Kaufmanning yonig‘a bordilar. Kaufman Otajon to‘rani 

ko‘rgan hamono boshqa holda bo‘lub, haddin ziyod e’zozu ikromlar etib, o‘zining yonida joy berib 

o‘lturg‘uzdi. Amir to‘ra so‘z boshlab dedi: «Sizning kelganingiz bizlarning haqimizda bag‘oyat yaxshi 

bo‘ldi. Muhammad Rahim yurtni boshqara olmay va yurtdin parvoyi bo‘lmay davomi ayshu ishratga 

mashg‘ul erdi. Man onga davom nasihatparvar erdim. So‘zlarimga quloq solmay, o‘z maslaki 

nohamvoridin ayrilmadi va bu birodarim Otajonni ham begunoh uyga soldi. Alhol, qochib ketdi. Oning 

qayda ketganin bilmasmiz. Ulug‘-kichik yig‘nolib bizni shundog‘ etdilar. Emdi sizdin iltimosimiz 

budurkim, bizlar bila sulh qilib, yurtni bizlarga topshurub, viloyatning obod bo‘lmoqig‘a sabab 

bo‘lg‘aysiz». Kaufman kulub dedi: «Muhammad Rahimxonning o‘ziga kishi yuboringlar. 

Sulhni oning bila etarman». Ondin so‘ng Otajoi to‘raga qarab dedi: «Birodaringiz agar qochmagan 

bo‘lsa erdi, oning bila sulh qilib, ushbu yerdin qaytar erduk. Emdi borib shaharga kiramiz. Muhammad 

Rahimxon kelsa, oning bila sulh shartdarnn aytishib sulh qilurmiz. Agar kelmasa, oning o‘rnig‘a sizni 

qoyim-maqom etib, sizning bila musolaha etishib qaytarmiz, bas». Amir bila Otajon to‘ra shaharga 

qayttilar. 

Ammo, burung‘i urushda Verufkinning chap ko‘ziga miltuqning o‘qi tegib yamon hol bila 

qo‘shig‘a borib tushub erdi. Urnig‘a qoyim-maqom Seranjufni qo‘yub, o‘zi Kaufmanning qoshig‘a 

kelib erdi. Amir bila Otajon to‘ra qaytg‘ondin so‘ng, Kaufman hol so‘ramoq uchun Verufkinning 

qoshig‘a bordi. Verufkin Kaufmanning istiqbolig‘a chiqmoqg‘a yaramadi. Kaufman borib ko‘rub, 

                                                      

145


 Shu’badaboz—nayrangboz. 

146


 Maan—birgalikda. 


Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy 

 

 




Download 406,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish