www.ziyouz.com kutubxonasi
33
xile fishang va fishang to‘ldo‘rato‘rg‘on olatlar bor erdi. Va bir anglizi oltiotar bor erdi va anglizdin
kelgan bir noyaa bor erdi. Yana bir uyda uch yuz mujallad yozma muzayyan kitoblar bor erdi va
choroypavu sovutlar va dubulg‘alaru qulluqu tizliku o‘q-yoylarning hammasiga, mutasarrif bo‘ldi,
chun hammasi murassa’ va mujavhar va bahodor nimarsalar erdi, Peterburg‘g‘a yuborildi.
Ushbu kunning kechasi Amir to‘ra Kaufmanning ruxsati bila kelnb haram saroyi ahlin mahofalar
bila ko‘churub o‘z havlisig‘a olib bordi. Muning so‘ngg‘i kuni Rusiya askaridin bir jamoa Arkka kirib
qolg‘on ahmolu asqolni toroj etdilar. Ondin so‘ng Kaufman amr etdi: Bir necha yuz kishidinkim, olarni
qarovul etib qo‘yulub erdi, boshqa tamomi askarni shahardin chiqorib, xon hazratlarining Gandumkon
havlilari tarafiga yuborildi. Ondin so‘ng Kaufmanning o‘zi ham tamomi zobitlari va sarkardalari bila
borib, Gandumkonda iqomat etdi.
Mundin bir necha kun o‘tgandin so‘ng, Kaufman eshitib, xon hazratlarining Azmexsharda
erkanlaridin ogoh bo‘ldi. Andin so‘ng ismi humoyunlarig‘a bir maktub yozdurdi, bu mazmunda kim:
«Biz munda joynishin bo‘lub
154
qolg‘on birodarlaringiz bila sulh qilduq.
Emdi siz hazratdin tavaqquyimiz budurkim, qaytib bizning tarafimizga kelgaysiz. Tokim,
janobingizg‘a lozim bo‘lg‘on rioyatda aslo qusur etmay o‘zungiz bila ahd etishib sulhning sharoyiti
o‘qudig‘a istehkom bergaymiz. Ondin so‘ng sizni o‘z taxtingizda mutamakkin etib, qaytib ketgaymiz
va agar bu so‘zlar bila kelmasangiz, noiloj bo‘lub, o‘rningizg‘a boshqa birovni xon qilib, sulh uqudin
oning bila mun’aqid etib ketarmiz. Bu yaxshi ermasdur. Yaxshiroq budurkim, o‘zungiz kelgaysiz,
vassalom». Ul maktubni Inoqbekka berib dedi: «Muni xon hazratlarig‘a yetkurgil». Inoqbek qabul
qilib olib, ul maktubni xon hazratlariga yubordilar.
Bir kun xon hazratlari Azmexsharda o‘lturub erdilar. Inoqbekning kishisi borib maktubni berdi.
Xon hazratlari mutolaa qilib, mazmunidin ogoh bo‘lub, Sori sardor bila mashvarat etdilar. Sori sardor
dedi: «Ey shahriyor, borg‘oning yaxshidur. Ul sulh qilg‘on bo‘lsa, albatta, sizga yamonliq etmasdur.
Yana bukim, sizdin hech yamonliq ko‘rmagani uchun sizga yamonliq etar? Emdikim, ollohi taoloning
irodasi bila bu tariqada bo‘lubdur. Sizning yurtni tashlab axlg‘a ketmakingiz yaxshi ermasdur». Xon
hazratlariga Sori sardorning so‘zlari ma’qul tushub otlanib Xevaq tarafiga ravona bo‘ldilar. Chun
yovuq keldilar. Otajon to‘ra va Amir to‘ra boshliq hamma istiqbollarig‘a chiqib e’zozu ikrom bila
Shaharga olib kirdilar. Ondin so‘ng, xon hazratlari Gandumkon tarafiga ravona bo‘ldilar.
Chun yovuq bordilar, ko‘rdilar, Kaufman Gandumkonda daraxt soyasida chodir qurdurub onda
o‘lturg‘on erkan. Xon hazratlari ul chodirning yovuqig‘a borib, otdin tushub erdilar, Kaufman
istiqbollarig‘a chiqib, qo‘l olishib ko‘rushub, xush keldingiz, deb e’zozu ikrom, tamomu ehtiromi
molokalom bila chodirg‘a kirguzub yuqorida o‘lturg‘uzub, pahlularida o‘zi o‘lturdi. Ko‘rushub,
so‘rashib bo‘lg‘ondin so‘ng Kaufman dedi: «Man mundin uch yil Surun askar bila sizning tarafingizga
borurman degan va’damga vafo qilmoq uchun keldim». Xon hazratlari dedilar: «Bu xudoning
taqdiridur». Kaufman dedi: «Bu so‘zungiz xatodur. Ne uchunkim, uch yillikda mening yuborgan
nomamning mazmunig‘a amal etsangiz erdi, mani bu yerlarda aslo ko‘rmas erdingiz va xudo ham
mening bu yerga kelmakimni taqdir etmas erdi». Xon hazratlari dedilar: «Hech nima taqdirdin tashqari
bo‘lmasdur. Baharhol, siz bila ko‘rushganimizga mamnundurmiz». Kaufman tabassum etib dedi: «Bu
mamnuniyat yakka siz tarafdan ermas, biz tarafda ham bordur. Ammo, ko‘rushganimiz do‘stona
tariqada bo‘lsa erdi, ne balo yaxshi bo‘lur erdi». Ondin so‘ng yana Kaufman dedi: «Emdi avqotni
155
zoe’ qilmay maqsudg‘a shuru’ qilmoq avlodur. Bas, alhol, ne fikrdadursiz va ne ish etmak
matlubingizdur?» Xon hazratlari dedilar: «Biz imferatur a’zam hazratlarining tahti
farmonidadurmiz
156
». Kaufman xushhol bo‘lub dedi: «Bag‘oyat yaxshi so‘z aytdingiz. Siz imferatur
154
Joynishin bo‘lmoq—o‘rnashmok.
155
Avqot—vaqt, fursat.
156
Tahti farmonida—hukmi ostida, ixtiyormda, qaramog‘ida.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |