Microsoft Word shajarayi xorazmshohiy lotin ziyouz com doc



Download 406,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/72
Sana28.09.2021
Hajmi406,42 Kb.
#187352
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72
Bog'liq
shajarayi xorazmshohiy

www.ziyouz.com kutubxonasi 

35

 



Vaqtekim, asirlar ozod bo‘ldilar, ko‘proqlari oqolarig‘a tuhmatlar etib ozorlar berdilar va olardin 

bir jamoag‘a Ibrohim bosmachi bosh bo‘lub, Sulton laqabin ko‘tardi. Bu sababdin oni Ibrohim Sulton 

dedilar. Hosili kalom, tamomi asirlar fitnavu tug‘yon turg‘uzub aholining g‘oratu torojlarig‘a qo‘l 

uzotdilar. Aholi kelib Kaufmang‘a arz etdilar. Xon hazratlari Kaufmanning ishorati bila olarning 

arzlarin so‘rab eroniylardin ikki kishini osturdilar. Ondin so‘ng fitna andak taskin topti. Kaufman amr 

etdi: tamomi asirlar Kattabog‘dakim, shaharning g‘arbu shimol tarafida bir farsahliq masofada erdi, 

jam’ bo‘lsunlar. Ondin so‘ng asirlar Kattabog‘g‘a chiqib sho‘rish sokin bo‘ldi. Yana Kaufmanning 

yonig‘a Muhammadniyoz devonbegi goh-goh borib musohibat etib ketar erdi. Kaufman ondin viloyag 

ahvolining istifsorin etar erdi. Muhammadniyoz devonbegi viloyatning tamomi holati va mahsulotidin 

va tamomi arkoni davlat va a’yoni hashmatining ahvolotlaridin Kaufmang‘a ogohliq berdi. 

Mundin bir necha kun o‘tgandin so‘ng, Kaufman Muhammadmurod devonbegi bila Rahmatullo 

yasavulboshini sibir etib Qozonliga yubordi va yana Rusiya askarining kofayi masorifi

169

 uchun 


Xorazm aholilaridin ikki milyun bila ikki yuz ming manot tazminot olmoqg‘a qaror berdilar. Muning 

uch yuz ming manotining yamutdin olinmoqi muqarrar erdi va mundin yamutlarg‘a xabar yubordilar. 

Chun yamutlarning uch yuz ming manotni filhol topib bermakka qudratlari yo‘q erdi, bas, ulug‘lari va 

kadxudolaridin bir nechalari kelib dedilar: «Bu mablag‘ bizlarga bag‘oyat og‘irdur. Oni muhlatsiz 

topib bermakning imkoni yo‘qdur». Kaufman dedi: «O‘n besh kuch muhlat berduk». Yamut 

kadxudolari dedilar: «O‘n besh kunda bizlar bu miqdor manotni jam’ qilmoqg‘a qodir ermasmiz. 

Muhlatni ko‘proq bermasangiz, bizlar mu mahumni anjomg‘a keltura olmasmiz».  

Kaufman gumon qildikim, yamutlar bu so‘zni sarkashlik yuzidin aytadurlar. Ne uchunkim, 

Kaufman yigirma bir to‘pg‘a egalik etganda xon hazratlari deb erdilar: «Yamut jamoasi bag‘oyat 

sarkashdurlar. Siz bizning hamma to‘plarimizni oliy ketsangiz, ondin so‘ng biz yamutni boshora 

olmasmiz va bu uch yuz ming manotni ham, o‘zungiz olmasangiz, bizga sarkashllik yuzidin taallul 

ko‘rguzub

170

 tezlikda bermasdur». Ondin so‘ng Kaufman yigirma bir to‘pdin ikkovini olib o‘n 



to‘qqizini xon hazratlariga taslim qilib deb erdi: «Andog‘ bo‘lsa, bu uch yuz ming manotni yamutdin 

o‘zumiz olurmiz». Bas, yamut bila o‘zi xabarlashib hamul manotni talab etib erdi. Yana Kaufman bu 

fikrii ham aytib erdikim, «yamutlar bu viloyatning shujaolaridindurlar va o‘zbaklar bila bularning 

oralarida qadimdin adovat bordur, Bas, bularni tor-mor etmak o‘zbakning itoati bila vobastadur. Bas, 

yamut qaboyilin qatli om etib, jam’iyatlarin buzsam, o‘zbakning intiqomlarin olg‘on kishi bo‘lub, 

olarga minnat yuklarman ham quvvatlarin kam etarman. Ondin so‘ng hamma manga mute’vu munqod 

bo‘lurlar

171


». Yana bukim, o‘ziga ham olardin ko‘a dastburdlar yetib erdi, tiladikim, o‘zi ham intiqom 

olg‘ay. 


Bas, muhlat tilab kelgan yamut kadxudolarig‘akim, o‘k bir  kishi erdilar, qabilalarig‘a qaytmoq 

ruxsatin bermay va iltimoslari javobin ham aytmay, Galavachofni talab etib hukm  etdikim, o‘ziga 

mutaalluq sakkiz bo‘lak saldat va sakkiz bo‘lay qazoq otlisi va o‘n to‘pu ikki metroliyuz va bir rukat 

batareyasi bila borib yamut bila urushub qitolu jidol o‘tun mushtayad qilib olarg‘a sarkashliklari 

jazolarin bergay. Kaufmanning bu so‘zi general Galavachof va Lamokin va Ivanuf va tamomi zobitlaru 

sarkardalarga ma’qulu maqbul bo‘lmay, hammalari ittifoq bila dedilar: «Yamutlar bila urush etmak 

yaxshi ermasdur. Ne uchunkim, alhol, olar sarkashlik zohir etganlari yo‘qdur, arzi ahvol bila uzoqroq 

muhlat tilarlar va o‘zbekdin mute’roq ko‘rinadurlar. Bularg‘a tilagan muhlatlarin berib, va’daga vafo 

qilmasalar, ondin so‘ng har tariqa jazo berilsa, munosib erdi». Chun Kaufman bir nimaga hukm etgan 

bo‘lsa, aslo ul hukmidin qaytmas erdi. Bizzarura, olarning so‘zlariga quloq solmadi. Galavachof noiloj 

bo‘lub, mazkur lashkar bila asadning o‘n beshlanchisida harakat etib yamut tarafiga ravon bo‘ldi. Xon 

                                                      

169

 Kofayi masorif—Rossiya armiyasining ta’minoti. Sarf - xarajati nazarda tutiladi. Hozirgi tarix kitoblarida bu «kontributsiya» 



atamasi bilan ifodalangan. 

170


 Taallul ko‘rguzub-bahona qilib, sabab ko‘rsatib. 

171


 Munqod bo‘lmoq—bo‘nsunmoq, tobe bo‘lmoq 


Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy 

 

 




Download 406,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish