www.ziyouz.com kutubxonasi
27
berib olib askar ichida xushluq va vus’at paydo bo‘ldi. Bular uch kungacha yuk kelturub so‘ngra
kelmadilar. Kaufman xavfg‘a tushub uch yuz saldat, ikki yuz ellik qazoq otlisig‘a qoyim-maqom
Cherqufskinni bosh etib el oralarig‘a yuborib qazoq otlini torojg‘a ma’mur etib dedi: «Arobag‘a
ma’qulot yuklab, askar tarafiga kelaturg‘onk bo‘lsa, mato’ining bahosin berib olinglar, vagarna, toroj
etinglar». Olar bir miqdor qatlu toroj etdilar. Ondin so‘ng yara yo‘lg‘a kirib yurudilar. Kun kech bo‘lub
maqdami iziga qaytib erdi. Bir miqdor Xorazm otlisi bir tarafdin chiqib olarni qovlab o‘q otib
Rusiyadin bir zobitg‘a
129
o‘q tegib o‘ldi. Kaufman Hazoraspning yovuqig‘a kelib tushti.
Devonbegi burunroq tamomi lashkari Hazoraspga kelib, ondin Xonqoh usti bila Xevaqg‘a borib
xon hazratlarini ko‘rub tamomi voqeani bayon qildi. Xon hazratlari parishon bo‘ldilar. Bu tarafda
Hazorasp kadxudolari jam’ bo‘lub Amir to‘raga dedilar: «Emdi sizlar ham qayting, bizlar fikr qilib o‘z
rohi kor
130
larimizni toparmiz». Noiloj Amir to‘ra, Muhammad Rizo to‘ra bila qaytib Xevaqg‘a keldi.
Ertang bila kadxudolar borib Kaufmanni ko‘rub, shaharni taslim etdilar. Bas, Kaufman kelib
Hazoraspga kirib shaharni zabt etib muhofazati uchun Ivanufni qo‘yub, yana yo‘lg‘a kirib Xevaq
tarafiga yurudi.
Emdi Verufkindin so‘z ayturmiz. Vaqtekim, general Verufkin qoymm-maqom Lamokin bilan
yo‘lg‘a kirib yurudilar, necha kunlar yo‘l yurub Qo‘ng‘irot ustiga keldilar. Qo‘ng‘irot biylari
Xabniyozbiy va Sayidbiy va Tojimurodbiy va Qojirg‘ali Mansurbiy va g‘ayruhum jam’ bo‘lub
maslahat etib Rusiya askarining kelgani xabarin bir kishi bila Xevaqg‘a yubordilar. Yana bir kishini
Verufkinning yonig‘a yuborib, bu tariqada iltimos etdilarkim: «Alhol, sizlar bizning shahrimiz
atrofig‘a kelmang va qal’amizg‘a to‘p ham ogmang. Nechunkim, bizlar sizlariing kelganingizni yangi
ko‘rub Xevaqg‘a xonimizning hazratlariga xabar yuborduk. Bizlarda sizlar bilan urushg‘udek yarog‘
va dori qo‘rg‘oshin yo‘qdur. Xonimiz eshitsalar, bizlarga urush saranjomin tutub yuborurlar. Ondin
so‘ng chiqib sizlar bila urushurmiz».
Verufkin bu so‘zning istimo’idin
131
xandonu farxon
132
bo‘lub buyurdi: askar qal’ani muxosara qilib
to‘p otmoq bunyod etdilar. Qo‘ng‘irot ahli bularg‘a bir o‘q ham otmay faryod qilib dedilar: «Bizlar
sizlardin bir necha kun muhlat tilab deb erdukkim, bizlarda oloti harb yo‘qdur. Ne uchun muncha
g‘avg‘o bila shaharning atrofig‘a kelib muncha dori qo‘rg‘oshinni zoe’ qilursizlar?» Ruslar bu
so‘zlarga quloq solmay, hujum etib qal’ag‘a yugurdilar. Shahar a’yonlari qochib shahardin chiqib
ketdilar.
Rusiya askari Qo‘ng‘irotni olib, eliga amon berib, o‘tub yo‘lg‘a kirib yurudilar. Qo‘ng‘irot biylari
qaytib kelib uch yuz otli miqdori jam’ bo‘lub, Rusiya askariiing izlariga tushub goho oldiga o‘tub daxl
etar erdilar va miltuq otar erdilar. Andishalari bu erdikim, Xorazm lashkari, albatta, Rusiyag‘a zafar
toparlar. Ul vaqtda bizlar ham bo‘lsoq obro‘yig‘a va o‘ljag‘a sherik bo‘lurmiz. Bular bu andisha bila to
Rusiya askarini Xevaqni olg‘uncha atrofidin yurudilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |