www.ziyouz.com kutubxonasi
24
tarafiga yubordi. Bular bahri Xazar, ya’ni Ashtarxon tengizining kenorig‘acha borib, Rusiyadin nomi
nishon topmay qaytib keldilar. Yana chovdor otlilaridin bir jamoani Kandarli quduq tarafiga
yubordilar. Olar ham ul tarafga borib hech kishiga yo‘liqmay qaytib keldilar.
Ul ovonda amri oliy muqtazosicha, ming otli yamut bila Shohqadam tarafiga ketdi. Otajon to‘ra
bila devonbegining oralarida gina va kudurat izdiyod topa berdi. Bir oqshom devonbegi Otajon
to‘radin beruxsat Xevaq tarafiga ketdi. Bu voqeadin bir hafta o‘tganidin so‘ng, farmoni oliy
yetushtikim: «Otajon to‘ra qaytib kelsun va qushbegi bila Hakim otaliq Hiloliyg‘a kelib Rahmatullo
yasavulboshi kelguncha tavaqquf etsunlar. Yasavulboshi kelganidin so‘ng hamroh bo‘lub qaytib
kelsunlar». Otajon to‘ra, filhol, o‘z tobe’lari bila qaytdi. Xudoyor qushbegi bila Hakim otaliq lashkarni
olib Hiloliyg‘a kelib, onda tavaqquf etdilar. Otajon to‘ra Xevaqg‘a kelib, oqolarining mulozamatlariga
yetdilar.
Mundin o‘n kun o‘tganidin so‘ng, Rahmatullo yasavulboshi ham atrofni justijo‘ qilib, Rusiyadin
asar topmay, qaytib Hiloliyg‘a kelib, amri oliy mujibicha, hammalari qaytib Xevaqg‘a keldilar. Ammo
bir kecha Otajon to‘ra majlis tuzub, bazmi sharob etib, hamma ahli majlis mast bo‘lg‘ondin so‘ng,
Otajon to‘ra mastlik holatida ahli majlisdin biriga debdur: «Men xon bo‘lsam, sani mehtar etarman».
Yana biriga debdur: «Sani qushbegi etarman», Hosili kalom, ahli majlisining har birin bir amal bila
sarafroz etibdur.
Bu so‘zlarni o‘zining Ali mahram degan mahramikim, xon hazratlarining taraflaridin voqeanavis
bo‘lub yurugon erkan, bu tariqada mastlik holatida aytilg‘on aslsiz behuda so‘zlarga vujud berib,
g‘ammozliq yuzidin va to‘rasining etgan yaxshiliklari va tuzi andishasin etmay kelib xon hazratlariga
yetkurubdur. Xon hazratlari bu so‘zning istimoidin parishon bo‘lub, ko‘p xazfg‘a tushubdurlar. Noiloj
bo‘lub Otajon to‘raning ustiga kishi buyurib tamomi odamlarin tutdurub Arkka kelturdilar. Bu
voqealarda Jonibekbek va Muhammad Karimbek va Olloyorbeklar yo‘q erdilar. Olarg‘a daxl etmadilar
va umaro aytdilar. Muhammad Rahimboy va Ollobergan saxiyni Ark oldidagi chuqaloqda chaldilar va
Otajon to‘raning o‘zini Ur mavzeidag‘i havlisidakim, ul Muhammad Yusufbek ibn Amirzoda
Muhammad Fozilbiyi marhumiyning havlisi erdi, mururi zamon va gardishi garduni gardon bilan
Otajon to‘raga taalluq topib erdi, mahbus etib darvozasini muqaffal qilib
114
, atrofida kishi qo‘ydilar. Ul
holda Ismoilxoja naqib bila Muhammadrizo otaliq maslahat etib, xon hazratlarining xizmatlarig‘a
borib, Otajon to‘raning gunohin tiladilar. Xon hazratlari mutag‘ayir bo‘lub dedilar: Magar, sizlar oning
bizni qatl etmakiga rizoliqingiz bordur?» Bularning hushi boshlaridin uchub debdurlar: «Hoshokim,
bizlarning mundog‘ munkirga rizoliqimiz bo‘lg‘ay?» Xon hazratlari debdurlar: «Ondog‘ bo‘lsa, bu
so‘zdin dam urmanglar». Bular hech nima demakka yaramay chiqibdurlar. Bas, Otajon to‘ra ushbu
mahbuslik bila Ur havlida necha zamonlar qoldi.
Ushbu yilkim, hijratning ming ikki yuz sakson sakkizlanchisi va qo‘y yili va sunbulaning avoxiri
erdi, hazrati allomayi zamon va olimi ulumi mutadovil va pinhon, ya’ni Bobojonbek ibn Olloberdi
to‘ra ibn Eltuzarxoni jannatmakon baqo olamig‘a azm etdilar. Ayyomi hayotlari oltmish to‘rt yil erdi.
Ul hazrat ilmi sarf va ilmi nahv va ilmi mantiqda yagonayi asr va ilmi hikmatda yaktoyi dahr erdilar va
kitobi «Shabiston» va «Devoni Bedil»ning mag‘allaqotlari hallida olamoroylari iqdakushod erdi.
Lihozo huzuri vofiyassururlari marjii ulamo va fuzalo erdi va tibu ramlu nujumu hnsob fanlarida ham
bag‘oyat mohir erdilar. Rahmatullohi alayh ul-hazratdin ikki o‘g‘ul qoldi. Valadi irshodlari sarvari
atibbo Yaxshimurodbekdurlar. Ikkinlanchisi ushbu faqiri haqir Bayoniykim, bu huruf roqimidurman.
Do'stlaringiz bilan baham: |