Toshkent davlat sharqshunoslik instituti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti bitiruv malakaviy ishi


ud azaldan Xitoy musiqa asboblari majmuiga kiradi va u  yerda u pipa



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/69
Sana27.09.2021
Hajmi0,6 Mb.
#187109
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69
Bog'liq
xitoy tilida musiqiy asboblarning leksik-struktur tahlili

ud azaldan Xitoy musiqa asboblari majmuiga kiradi va u 

yerda u pipa deb ataladi. Biroq, Xitoy xroniklari guvoxlik berishicha, ud – ajnabiy 

asbob Xitoyga G’arbiy O’lkadan kelib qolgan. Farmer udning Xitoyga kirib 

kelishini Xitoy imperatori Vu-Tining o’zi bilan birga «yovvoyi» asbob (ya’ni, 

Farmerning aytishicha, turkmancha barbat) chaluvchi mashshoqni olib kelgan turk 

malikasiga uylanishi bilan bog’laydi. Aynan shu mashshoq (Xitoyda Su Chi-po 

nomini olgan) Xitoy musiqasiga o’z mamlakatining yetti modusini olib kirgan, 

ularning eski xitoycha nomi «ariylardan, aniqrog’i – forslardan kelib chiqqani 

ma’lum xususiyatlarga ega». Pipa nomining o’zi esa, Farmerga ko’ra, forscha 

«barbat» atamasining fonetik o’zgargan shaklidir. Bu atamaning boshqa ifodasini 

biz L.Pikkenda topamiz: «pi» qilni oldinga tashlashni, «pa» esa – qilning orqa 

tomonga harakatini ifodalaydi. Xitoy yozma manbalari va arxeologik topilmalarni 

taqqoslab, Pikken shunday xulosaga keladi: Xitoyda kalta udning (tuxumsimon 

korpusli) paydo bo’lishini V asr boshidan oldingi sonni belgilash mumkin emas va 

uning kelib chiqish joyini Markaziy Osiyodan, ehtimol, g’arbga tomon, masalan 

Parfiyadan izlash lozim. 

 

Pikkenning fikrlari e’tiborga loyiq. Ma’lumki, eramizning birinchi asrlarida 



Sharqiy Turkistonda so’g’d koloniyalari yuzaga keldi. Ko’chirib kelingan 

so’g’diylar o’zlari bilan o’zlarining musiqa asboblarini, shuningdek udni ham olib 

kelgan bo’lishlari ham ehtimoldan holi emas. Sharqiy Turkistondan ud osongina 

Xitoyga borib qolgan bo’lishi mumkin. 

 

So’g’dda tarqalgan musiqa asboblarining Sharqiy Turkistonda yoyilgan 



izlari Xotandagi arxeologik qazilmalar bilan tasdiqlanadi. Yotkan shahrining 

(Xotanning poytaxti, eramizning birinchi asrlari) terrakota shaklchalarida ud, 

fleyta, barabanlarning tasvirlari mavjud. Xotan udi, Afrosiyob udi kabi, to’rtta 

torga ega, lekin uning korpusi uzunroq. Mashshoqlar sifatida ko’pincha maymunlar 

chiqishadi, bu esa buddiylik ibodati bilan bog’liqdir. 

 

Boshqa, So’g’dda mashhur bo’lgan torli asboblardan biri arfa bo’lgan. 



Afrosiyob terrakotalari orasida arfachi mashshoqlar (doim erkaklar) ko’p uchraydi. 

Uzoq vaqt arfaning vatani Misr hisoblangan. U yerlarda u Qadimiy podshoxlik 

(eramizdan 3000-2250 y. avval) yodgorliklarida paydo bo’lgan va bir necha yuz 

yilliklar mobaynida xarakterli bo’lgan yoy shaklida saqlab qolgan (uning nomi 

«yoyli arfa» shundan kelib chiqqan). Old Osiyodagi arxeologik kashfiyotlar 

asbobning avval mavjud bo’lgani geografiyasini kengaytirdi. Boy 

inkustisiyalangan arfa Urlar sulolasiga tegishli bo’lgan Shumer malikasining 

(eramizdan 3000 yil avval) sag’anasidan topilgan. 

 

Burchakli arfa yoyli arfadan keyin paydo bo’lgan. Misrga u Osiyodan borib 



qolgan (uni «osiyo» arfasi deb atashlari tasodif emas). Mesopotamiya 

yodgorliklarida bu arfa saroy yoki marosim saxnalarida, ko’pincha boshqa 

asboblar bilan bir ansamblda ishtirok etadi. 

                                                                                                                                                             

chiqqan, ammo yunonlar bu atamani bevosita shumerliklardan emas, balki kavkaz xalqlarining biridan 

o’zlashtirishgan. 




                                                                               

36

 



Ayrim xorijiy tadqiqotchilar taxmin qilishlaricha, egilgan rezonatorli arfa 

yunonlarga sambuka yoki sambik

75

 nomi bilan tanish bo’lgan.  



 

Turli davrlarga tegishli bo’lgan (eramizdan oldingi III asrdan to eramizning 

V-VIII asrlarigacha) Afrosiyob terrakotalari turli madaniy tasvirlar, turli uslubiy 

jixatlarning chatishib ketganini aks ettiradi. So’g’ddagi arfachi erkakning tasviri 

topilan sanasi eramizdan avvalgi 1900 yil deb belgilangan, tasviri yaxshi saqlangan 

Shumerlik arfachi ayol o’rtasidagi yaqin parallel Sadokov tomonidan bildirilgan 

taxminlar foydasiga so’zlaydi. Ham u, ham bu xaykalchada asbob qisman 

ko’rinadi, lekin aloxida detallariga ko’ra (rezonator va tor ushlagichning qismi), 

xuddi ularning mashshoq qo’llarida turishi holatining bir xilligiga ko’ra, ikkala 

tasvirni burchakli arfa turiga kiritish mumkin. Ikkita ming yillikni ajratib turuvchi 

badiiy kirinishlarning bu yaqinligi ajablanarli xoldir

76



 

Afrosiyob terrakotasidagi puflama asboblar fleytalarning turli ko’rinishida 

tasvirlangan. Ulardagi ijrochilar – ayollar va erkaklar. 

 

Ko’ndalang fleyta  - Qadimgi dunyoning eng keng tarqalgan asboblaridan 



biridir. Ko’p yerlarda u o’z tuzilishini saqlab qolgan xolda hozir ham mavjud, 

Kuchuk oldida fleyta chalayotgan cho’pon bola tasviri Shumer tarixining arxaik 

davriga mansub. Ko’ndalang fleyta (ikkala tomoni ochiq g’ovak tayoq 

ko’rinishida) Misrda O’rta podshoxlik davrida mavjud bo’lgan (eramizdan 250-

1600 y. avval) va hozirgi davrga qadar kolik cho’ponlar turmushida saqlanib 

qolgan. 


 

Xan davrida mashxur bo’lgan qadimgi xitoycha di uchta chalish uchun 

teshikchali 700-800 mm. uzunlikdagi bambukdan yasalgan naychani ifodalagan. 

Eramizdan avvalgi III asrda di endi oltita teshikchaga ega bo’lgan. Bu qadimiy 

asbob zamonaviy xitoycha xiao asbobi bilan deyarli bir xildir. Xitoyda ko’ndalang 

fleyta mashxur asboblardan biri sanaladi. Biroq, xitoycha manbalarida asbobning 

(uning eskicha nomi xenchuy) xorijdan kelib chiqishi to’g’risida ko’rsatilganligi 

qiziqarlidir. «Szan tarixlari» musiqaviy bilimida aytilishicha, xenchuy – bu 

ko’ndalang fleyta bo’lib, xu – asbobidir (ya’ni ajnabiy). Eramizdan avvalgi II asrda 

xitoylik diplomat va sayyox Chjan Szyan, g’arbiy o’lkada bo’lib, u yerdan xenchuy 

olib kelgan va o’z qabiladoshlariga bu asbobni chalish san’atini topshirgan. 

 

Zamonaviy Xitoy (ko’ndalang) fleytasi o’zbekcha nayga yaqin. U oltita 



chalish uchun teshikchalari bo’lgan 610-630 mm. uzunlikdagi bambukdan 

yasalgan naychani aks ettiradi. 

 

Afrosiyob terrakotasida shuningdek o’ziga xos tuzilishli fleyta asboblari 



ko’rsatilgan. Ular puflash uchun yonlama o’simtasi (patrubok) bo’lgan va bir 

nechta chalish uchun teshikchalari bo’lgan xushtakli, ya’ni okarina turidagi 

asboblar, balki oddiy xushtaklar bo’lishi mumkin. Shuningdek ta’kidlash 

mumkinki, u davrda ushbu turdagi musiqa asboblari  bolalar o’yini uchun emas, 

                                                 

75

 Yunon va rim manbalarida uchraydigan «sambuka» atamasini R.Girshman qayiq shaklidagi asosga tayanuvchi 



zinaga o’xshagan, haqiqatda birmuncha egilgan rezonatorli arfani eslatuvchi  harbiy mashina nomidan olgan. 

76

 Davlat Tarixiy muzeyidagi (Moskva) arfachining haykalchasi uslubiy xususiyatlariga ko’ra Samarqand 



muzeyidagi V.A.Mashkeris tomonidan so’g’diylardan keyingi davrga (eramizning V-VIII asrlari) kiritilgan 

afrosiyob terrakotalari guruxiga tutashib ketadi




                                                                               

37

balki murakkabroq bo’lgan boshqalari bilan teng ravishda, tantanali marosimlarda 



ishtirok etgan. 

 

Torli va puflama asboblar bilan birga barabanlar tasviri xam uchraydi. 



Baraban doimo bir xil - qumsoat shaklidagi ikki tomonlama asbob. Marsel-

Dyubua


77

 uni «baraban-qumsoat» deb ataydi va Hindistonning qadimiy asboblari 

qatoriga kiritadi. Xitoyda u yaogu (bel barabani, ya’ni belga maxkamlanadigan 

baraban) deb nomlanadi. Shunisi qiziqki, qadimgi yaogu xam, zamonaviysidan 

farqli o’laroq, qumsoat shaklida bo’lgan. 

 

Antik O’rta Osiyoda qumsoat shaklidagi baraban Xorazm yodgorliklarida 



(Afrosiyobdan tashqari) aks ettirilgan. Uni III-IV asrdagi (Tuproq qal’a) saroy 

binosi devorlaridagi yozuvlar aks ettiradi. Tuproq qal’adagi yozuvlarda 

ko’rsatilganidek, uni ikkala qo’l barmoqlari bilan (chiplarsiz) 

chalishgan.Asbobning terrakota xaykalchalaridagi xolatiga qaraganda, so’g’diycha 

barabanlar yelkaga tashlangan, kamarga osilgan yoki bel yoniga maxkamlangan. 

Modomiki ijrochilar sifatida ba’zida ayollar chiqar ekan, faraz qilishimiz 

mumkinki, baraban So’g’dda, xuddi Sharqdagi boshqa mamlakatlardagi kabi, 

nafaqat harbiy yo’nalish, balki ibodat yo’nalish asbobi ham bo’lgan. 

 

Afrosiyob terrakotalaridan birida (juda yomon saqlangan) otliq mashshoq 



(ehtimol, askar) likopchaga o’xshagan asbobni ushlab turibdi. Assuriyadagi 

harbiylar raqsiga doir bo’lgan asboblar ansambli tasvirlangan tosh relyef saqlanib 

qolgan. Ansambl ishtirokchilaridan biri qo’llarida likopcha ushlab turibdi

78



 

Nisadagi topilmalar orasida yuzlab odamlar, xudolar va fantastik 

mavjudotlar shakllariga ega barelef tasvirlar  bilan qoplangan ritonlar – fil 

suyagidan yasalgan shoxsimon idishlar aloxida qiziqish uyg’otdi. 

Pugachenkovaning fikricha, Nisadan topilgan ritonlar asosan ibodat bilan bog’liq 

ichimliklar uchun xizmat qilgan. Riton karkasga o’rnatilgan fil suyagi 

bo’laklaridan tuzilgan. 

 

Nisa ritonlaridagi musiqa asosan ibodat bilan bog’liq harakatlarning faol 



ishtirokchisi kabi chiqadi. Agar olimp xudolarini tasvirlovchi frizlarda u faqat 

Apollon qo’lidagi kifara ko’rinishida tasvirlangan bo’lsa, frizlarning diniy 

marosimlar bilan bog’liq boshqa guruxida musiqaga alohida rol berilgan. 

 

Kifara – Sharqning (Shumer, Assiro-Vaviloniya) va O’rta yer dengizi 



bo’yidagi (Misr, Siriya, Yunoniston, Rim) qadimiy sivilizatsiyalarning muhim 

musiqa asboblaridan biri bo’lgan. Tuzilishi bo’yicha kifara liraga yaqin

79



 



Bu ma’lumotlarga tayangan holda, Nisa ritonlari asbobini kifara deb atash 

mumkin. 


 

Nisa ritonlarining urib chalinadigan asboblari – bular doira va likopchalardir. 

Aksariyat tasvirlarda asbob zamonaviy o’zbekcha yoki tojikcha doiraga o’xshab 

ketadi. Doirani ayollar chalishi e’tiborni o’ziga tortadi. 

                                                 

77

 Marsel-Dyubua (1898-1949) – belgiyalik skripkachi, musiqa fani o’qituvchisi bo’lgan. Bryusseldagi 



konservatoriyani tamomlagan. Keyinchalik ushbu konservatoriyada skripka bo’yicha  professor bo’lgan.  

78

 Relyefda ular yaqqol ko’rinadi. Bu – ikkita o’zaro uriluvchi, markaziga charm kamar maxkamlangan mis 



disklardan iborat bo’lgan o’zi ovoz chiqaruvchi asbob. Ko’p asarlarda bu asbob «kimvallar» nomi ostida 

ifodalanadi. 

79

 Kifara, xuddi lira kabi tepasida xari bilan biriktirilgan ikkita ustunli yassi yog’och korpusga ega. Unga torlar 



(ichakli yoki paychali) biriktiriladi, ularning pastki uch qismi korpusning pastiga maxkamlanadi. 


                                                                               

38

 



Doira, boshqa ayrim asboblar kabi (ko’ndalang fleyta va uzun ud) minglab 

yillar davomida mavjuddir. Zamonaviy o’zbek-tojik doirasi Nisa ritonlarining 

to’g’ridan-to’g’ri avlodidir. 

 

Marv terrakotalarining musiqiy asboblar majmuasi Nisa ritonlarining 



ohanglarini takrorlamaydi. Xuddi So’g’ddagi kabi, Marg’iyonadagi asosiy asbob 

bir nechta variantlarda taqdim qilingan ud hisoblanadi. Ulardan biri Afrosiyob 

terrakotasidagi udga aynan o’xshashdir. 

 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish