Hech kim jonli tafakkur, toza zexn va
sog’lom jismoniy tabiatga ega bo’lmay turib
musiqa faniga chuqur sho’ng’ib keta
olmaydi.
Faxruddin ar-Raziy
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgach
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda turli o’zgarishlar,
yangiliklar ko’zga tashlana boshlandi. Respublikamiz taraqqiyoti kun sayin yuqori
pog’onalarga ko’tarilib, o’z madaniyati, tili, urf-odatlari biz yoshlarning ilmga
bo’lgan salohiyati bilan dunyo sathlarida samarali foydalangan holda dunyo
mamalakatlarini o’rganish, ularning dini, urf-odatlari, madaniyati, tilini bilishi
zarurdir
4
. Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa
sohalaridagi ahvol, amalga oshirayotgan islohotlarimizning samaradorligi avval
xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning o’rganilishi, an’analari-
mizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy
bog’liqdir
5
. Respublikamiz va Xitoy o’rtasidagi o’zaro do’stona aloqalarimiz
borgan sari keng rivojlanib bormoqda.
Hammamizga yaxshi ma’lumki davlatlar va xalqlar o’rtasidagi aloqalarni
mustahkamlash va yanada yaqinlashtirishda ma’daniyatning ayniqsa, musiqa va
cholg’u asboblari madaniyatining o’rni beqiyosdir. Har bir xalqning o’ziga xos
musiqiy asboblari bo’ladi. Lekin shunga qaramay musiqa asbobi qaysi xalqga
mansub bo’lishidan qat’iy nazar undan taralgan kuy har bir insonga hush kayfiyat
baxsh etadi. Turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar,
festivallar va tanlovlarni musiqasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. “O’smirlarning
hayotga qiziqishi, atrof-muhitni kuzatish qobiliyatning o’sishida musiqa muhim rol
o’ynaydi. Demak boshqa san’at turlariga nisbatn musiqa san’ati estetik tarbiyaning
muhim tarkibiy qismidir. Estetik tarbiyada musiqa san’ati o’ziga xos alohida
ta’sirchanlikka ega bo’lganligi sababli qadim zamonlardan buyon hozirgacha
maorifchilarning e’tiboriga sazovor bo’lib kelmoqda. Qadimgi xitoy faylasufi va
maorifchisi Konfutsiy “Xursandliging she’rdan, do’stliging odobdan, yetilishing
musiqadan bo’lur” degan edi
6
. Albatta musiqaning sifati u qaysi cholg’u
asbobdan taralayotganiga uzviy bog’liq. Cholg’u asboblari sadosining sifati esa
muayyan cholg’u asbobning shakli, umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni
tayyorlashda ishlatiladigan materialga bog’liq. Musiqa cholg’u asboblari qadimdan
bambuk, yog’och, tosh, suyak, metall, teri,ipak, kokos yong’og’i, qovoq va
boshqalardan tayyorlangan. Musiqa cholg’u asboblari tovush manbalariga qarab
4
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. Toshkent.,2010. 10-b.
5
Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”. – Toshkent.: O’zbekiston, 1999. – 230-b.
6
Oytilla Xoliq. Uyg’ur Xalq musiqasi vositasida kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni estetik tarbiyalash.
Dis.nomz.Toshkent. 2001y. 22-b.
11
quyidagi turlarga bo’linadi: torli, puflab chalinadigan, teri qoplamali, tilchali,
plastinkali, elektr va elektron musiqa cholg’ulari va idiofonlar
7
.
Diplom ishimizni boshlashimizdan avval bizda bir savol tug’ildi: bugungi
kunda O’zbekistonda va Xitoyda mavjud bo’lgan cholg’u asboblar aslida qanday
paydo bo’lgan – O’rta Osiyodan Xitoyga borib qolganmi yoki aksincha Xitoydan
O’rta Osiyoga kelib o’zlashganmi? Buni qarangki O’rta Osiyo va Xitoy xalqlari
o’rtasidagi aloqalar juda uzoq vaqtlardan beri olimlarni qiziqtirib kelmoqda.
Ma’lumki, xitoyliklar G’arbiy O’lka
8
bilan mil.av. II- asrda Xan davri
elchixonasi Chjan Szyan boshchiligida O’rta Osiyo hududi chegaralariga kirib
borgan davrda tanishadilar. Shu davrdan boshlab ikki hudud o’rtasida savdo va
madaniy sohada ayriboshlash rivojlana boshlaydi. Xan davridanoq G’arbiy
O’lkadan Xitoyga ba’zi musiqiy asboblar va alohida musiqalar kirib kela
boshlagan. Misol uchun, ko’ndalang fleyta hu ya’ni ajnabiy cholg’u(ko’chmanchi
gunlardan o’zlashtirilgan), zhong qo’ng’iroqlari, sitra zheng, gorizontal arfa
konghou, vertikal arfa konghou, zarbli cholg’u yangqin, pipa, tilli cholg’u sheng,
damli cholg’u xiao, yaogu(belbog’li baraban), bo kimvallari va b.
Xitoy tilshunosligida musiqa asboblari nomlarining tahlili, ularning
kelib chiqishi, tarixiga oid tadqiqot ishlari kam olib borilgan. Bitiruv malakaviy
ishimizning dolzarbligi xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining leksik-struktur
tahlili o’rganilmaganligi, ularni o’zbekcha tasnifi keltirilmaganligi, xitoy tili
cholg’u asboblari lug’ati o’zbek tilida yo’qligidan iboratdir.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. O’zbekiston xitoyshunosligi
tarixida ushbu mavzu bo’yicha izlanishlar chuqur olib borilmagan. Markaziy Osiyo
cholg’ushunosligi,xususan, o’zbek milliy cholg’u ijrochiligining tarixiy, nazariy va
amaliy masalalari o’zbek olimlari F.Karomatli, I.Rajabov, A.Nazarov,
J.Rasultoyev, A.Malkeyeva,Botir Matyoqubov, M.Yusupova, A.Xalimovalar, rus
olimlaridan T.S.Vizgo, Revo Markovich Petrov, A.N.Petrosyants, Belyayev V.M
lar, yevropalik musiqashunoslar Egon Welesz, G.Farmer, L.Pekkin, yaponiyalik
T.Genichi va boshqa qator olimlar izlanishlarida keng tadqiq etilgan.
Chunonchi T.Vizgo, A.Malkeyeva asarlarida o’zbek xalq cholg’ulari,
ularning tarixi, F.Karomatli tadqiqotlarida esa cholg’ularning ijro imkoniyatlari,
mahalliy uslublari, sozlanish va diapazonlari har tomonlama o’rganiladi.
A.Petrosyant rahbarligida milliy cholg’ularimizni “qayta ishlash” natijasida
ularning sadolanish xususiyatlari va an’anaviy ko’rinishlari o’zgartirildi,
labaratoriya sharoitida milliy cholg’ular sadosidan uzoq bo’lgan cholg’ular va
ularning oilalari yaratildi. Shu bilan birga, o’zbek milliy cholg’ulari A.Vamberi,
M.Masson, L.Pempel, S.Tolstov, R.Sadokov, G.Pugachenkova kabi tarixchi va
arxeolog olimlar tomonidan ham umumiy tarzda yoritiladi.
Qomusiy olimlar Al-Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin al-Urmaviy, Xoja
Abdulqodir asarlarida cholg’u asboblariga oid ko’plab qimmatli ma’lumotlar
keltirilib, nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan edi. Abdurauf Fitrat o’zining
7
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Давлат илмий нашриёти. Тошкент,2003.-149-б.
8
Xitoyliklar Suy va Tan (589-906) sulolalari davrida G’arbiy O’lka deganda Vizantiyadan to Eron va
Hindistongacha, xususan,Osiyoning bir qismini; Yuan (1280-1376) sulolasi davrida esa sanab o’tilgan hududlar
bilan birga Yevropa va Afrikanning ham bir qismini tushunganlar.
12
“O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” nomli tadqiqotlarida sharq musiqasi
bag’rida muhim o’rin tutgan o’zbek musiqasi, milliy cholg’ulari, maqomlari
mazmuni, musiqa va aruz kabi dolzarb muammolarni yoritib bergan
9
.
Bitiruv malakaviy ishining manbalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishimiz
mavzusi ustida izlanish olib borish jarayonida asosan Van Dzichuning
“
中国乐器”
kitobi, aynan shu kitobning N.Vasilyev tarjimasidagi “Китайские музыкальные
инструменты” kitobidan, Vizgo T.Sning “Музыкальные инструменты Средней
Азии” asari, Revo Markovich Petrov va Botir Matyoqubovning “Cholg’ushunoslik
va Cholg’ulashtirish” o’quv qo’llanmasidan, F.Karomatlining “Узбекская
инструментальная музыка” asaridan, Васильченко Е.В. ning “Музыка на цине
и его место в китайской культуре” kitobidan, Завадская Е.В. ning “Культура
Востока в современном западном мире” asaridan, Рмановская E. ning
“Узбекская инструментальная музыка” kitobidan foydalandik.
Bitiruv malakaviy ishning yangiligi.
• Xitoy tilida musiqiy asboblarni kelib chiqish tarixi, cholg’u asboblar
nomlarini struktur jihatdan tahlili ko’rib chiqildi.
• Cholg’u asboblarning kelib chiqishiga doir turli olimlarning bergan
fikrlari tahlil etildi.
• Shu natijasida “Xitoycha - o’zbekcha lug’at” mini – lug’at yaratilishi
ko’zda tutilgan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Zamonaviy xitoy tilida
musiqiy asboblarning kelib chiqish tarixi va leksik-struktur tahlilini ko’rib chiqish.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirildi:
1. Xitoy cholg’u asboblarini tadrijasini Van Dzichuning
“
中国乐器”
kitobi
asosida ko’rib chiqish.
2. Ularni leksik va struktur jihatidan tahlil qilish.
3. Ularning tasnifini keltirish.
4. O’zbek cholg’u asboblarini T.S.Vizgoning “Музыкальные инструменты
Средней Азии” asari, F.Karomatovning “Узбекская инструментальная
музыка” asari asosida tadrijasini ko’rib chiqish.
5. Ularni leksik va struktur jihatdan tahlil qilish.
6. O’zbek va xitoy cholg’u asboblarini o’xshash va farqli jihatlarini ko’rib
chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |