Alloh taolo Oli Imron surasini 190-oyatida: «Albatta, osmonlar va yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun oyat- alomatlar bordir. Ular turganlarida ham, o’tirganlarida ham, yotganlarida ham Allohni zikr qiladilar», deydi.
217/1. Huzayfa (r.a.) va Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam o’rinlariga yotsalar:
«Bismikallohumma ahya va amutu», der edilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening isming bilan
tirilaman va o’laman.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
218/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fotima bilan
Aliga (roziyallohu anhumo): «To’shakka yotsangiz, o’ttiz uch martadan «subhanalloh,
alhamdulillahi, Allohu akbar», deb aytinglar», deb tayinlaganlar. Buxoriy va Muslim
rivoyatlari
Boshqa rivoyatda: «Tasbihni o’ttiz to’rt marta aytingiz», yana bittasida: «Takbirni o’ttiz
to’rt marta aytingiz», deganlar.