Rabbingizga hamd aytish ila (Uni) poklang), degan so’ziga binoan peshindan keyin
zikrni ko’paytirish mustahabdir. Tilshunoslar «al-’ashiyyi» so’zini «quyosh zavolga
ketganidan to botgungacha bo’lgan payt», deb aytishadi. Arablarda ham undan quyosh
zavolga ketganidan to botgungacha bo’lgan fursat tushuniladi.
Bu vaqtda ham zikrlarni ko’paytirish mustahabdir. Salaf va xalaf ulamolari oyatdagi
«solatul vusto»--«o’rta namoz»ni asr namozi deb ittifoq qilishgan. Allohning:
«Quyosh chiqishidan oldin va botishidan avval Parvardigoringizga hamd aytish
www.ziyouz.com kutubxonasi
60
ila (Uni) poklab yod eting» (Toha surasi, 130-oyat), degan so’zi ham ushbu
so’zimizga dalil bo’ladi. Bu boradagi oyatlar juda ko’p: