52-bob. Juma tongida aytiladigan zikrlar
206/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma
kuni bomdod namozidan oldin:
«Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh», deb uch marta
aytsa, Alloh taolo uning gunohlarini dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechirib yuboradi»,
dedilar. (Ma’nosi: Hay va qayyum sifatli Zotdan boshqa iloh yo’q va Unga istig’for
aytaman, Unga tavba qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Juma kuni quyosh chiqqandan boshlab, toinki quyosh botgungacha, ijobat soatiga
yo’liqish umidida duo bilan mashg’ul bo’lish mustahab amaldir. Bu ijobat vaqti xususida
ixtiloflar ko’p. Bularning eng to’g’risi Abu Muso Ash’ariy Rasulullohdan qilgan quyidagi
rivoyatlaridir:
«Albatta, u vaqt juma kuni imom minbarga o’tirishi bilan namozdan salom bergungacha
bo’lgan payt oralig’idadir». Muslim rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |