Fitratning ilmiy asarlari. Mustaqil ishi abdullayev e bajardi



Download 53,54 Kb.
bet1/4
Sana15.07.2022
Hajmi53,54 Kb.
#801817
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti fanidan Abdullayev Elbekning mustaqil ishi




O’ZBEKISTON OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA
MADANIYAT INSTITUTINING NUKUS FILIALI

ASHULA VA RAQS YO’NALISHI
FANI: O’ZBEK ADABIYOTI

MAVZU: FITRATNING ILMIY ASARLARI.


MUSTAQIL ISHI


ABDULLAYEV E BAJARDI
_________________ TEKSHIRDI


Mavzu: Fitratning ilmiy asarlari.

Reja:



• 1. Adibning hayot va ijod yo‘li.
• 2. Milliy uyg‘onish jarchisi.
• 3. Fitratning she’riy asarlari.
• 4. Fitratning nasriy asarlari
• 5. Fitratning ilmiy-adabiy merosi.

Abdurauf Fitrat o‘zbek xalqi hayotida XX asr tongida boshlangan Yangi Milliy Uyg‘onish davri va uyg‘onish adabiyotining buyuk vakilidir.


• Abdurahim o‘g‘li Abdurauf 1886-yil Buxoroda tug‘ildi. Mir Arab madrasasida o‘qidi. Turkiyaning Istambul dorilfununidagi to‘rt yillik
(1909 – 1913) tahsil Abdurauf dunyoqarashining shakllanishida
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. «Yosh buxorolilar»ning siyosiy
kurashlaridagi faol ishtiroki, maorifni isloh etish, jadidchilik
harakatlaridagi jiddiy izlanishlar tufayli tug‘ilgan savollarga bu
mamlakatning zamonaviy kechmishlaridan javoblar qidirdi.
• Bu vaqtda u «tug‘ma iste'dod» ma'nosini anglatuvchi Fitrat taxallusi
bilan ijod etayotgan shoir va yozuvchi sifatida el-yurtga taniqli edi.

Milliy uyg‘onish jarchisi. Fitrat butun faoliyatini el va yurt
ozodligi, taraqqiyot maqsadlariga bo‘ysundirgan, shu zaylda davlatning
boshqaruv tizimini, maorifni, jamiyatni, tuzumni isloh qilish g‘oyalarini
ilgari surgan, faylasuf va davlat arbobidir.
Shularni amalga oshirajak qahramonlar qiyofasini, orzu, umid,
armonlarini badiiy asarlarida gavdalantirgan ulug‘ san'atkordir. Olim
sifatida uning tilshunoslik va adabiyotshunoslikda ham xizmatlari katta.
Bularning barchasini birlashtiruvchi va uyg‘unlashtiruvchi fazilat
Fitratning Milliy uyg‘onish davri jarchisi va yalovbardori ekanidadir.

1917-yil Fevral inqilobida Fitrat o‘z orzularini ham ko‘rgandek


bo‘ldi, biroq Oktabr to‘ntarishi uning teran dunyoqarashiga yangi
titroqlar soldi. Bir qarashda umidbaxsh ko‘ringan, aslida esa, zamirida
bosqinchilik g‘oyalari, qatag‘onlik siyosati yashirin havolarda
umidlarini goh ichiga yutib, goh oshkor etib yashadi.
• Turkistonda til, adabiyot, san'at masalalari bilan ilk bor tashkiliy
ravishda shug‘ullangan «Chig‘atoy gurungi» jamiyatiga rahbarlik
qildi. Samarqanddagi Pedakademiyada dars berdi, Toshkentda Fan
qo‘mitasi qoshidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo‘lib
ishladi.


Download 53,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish