www.ziyouz.com kutubxonasi
55
va kech kirsa:
«Allohumma inniy a’uzu bika minal hammi val hazani va a’uzu bika minal ‘ajzi val kasali
va a’uzu bika minal jubni val buxli va a’uzu bika min g’olabatid dayni va qohrir rijal»ni
ayt» (Allohim, Sening noming ila g’am-tashvishdan, ojizlik va dangasalikdan, qo’rqoqlik
va baxillikdan, qarz ezib qo’yishi va kishilarning qahridan panoh tilayman), deb
buyurdilar. Abu Umoma: «So’ng Nabiy sollallohu alayhi vasallamning aytganlariga amal
qildim. Alloh mening g’am-g’ussamni ketkazib, qarzdan xalos etdi», deb aytadilar». Abu
Dovud rivoyatlari
191/22. Abdulloh ibn Abzodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam tong ottirsalar:
«Asbahna ‘ala fitratil Islam va kalimatil ixlasi va diyni nabiyyina Muhammadin sollallohu
alayhi vasallam va millati Ibrohiyma haniyfam musliman va ma ana minal mushrikiyn»,
deb aytar edilar. (Ma’nosi: Mushrik bo’lmasdan, musulmon holimizda va to’g’ri yo’lda
bo’lgan Ibrohim alayhissalomning millatlarida, payg’ambarimiz Muhammad
alayhissalomning dinlarida, ixlos kalimasi va Islom fitratida tong ottirdik.) Ibn Sunniy
rivoyatlari
192/23. Abdulloh ibn Avfo (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong
otganida:
«Asbahna va asbahal mulku lillahi azza va jalla valhamdu lillahi val kibriyau val
‘azomatu lillahi val xolqu val`amru val laylu van naharu va ma sakana fiyhima lillahi
ta’ala, Allohummaj’al avvala hazan nahari solahan va avsatahu najahan va axirohu
falahan ya arhamarrohimiyn», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Biz ham, butun borliq ham
Allohniki bo’lgan holda tong ottirdik. Hamd, kibr, ulug’lik, yaratish, buyurish, kechasi va
kunduzi hamda ular orasida turadigan narsalarning barchasi Alloh uchundir. Allohim, bu
kunning avvalini isloh, o’rtasini najot, oxirini yutuq qil, ey rahm qiluvchilarning
Rahmlisi.) Ibn Sunniy rivoyatlari
193/24. Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Tong otganida kim uch marta:
«A’uzu billahis samiy’ul ‘aliym minash shaytonir rojiym», deb Hashr surasidan uch oyat
o’qisa, Alloh taolo unga kech kirgunicha salovot aytib turadigan yetmish ming farishtani
vakil qilib qo’yadi. Agar vafot etsa, shahid ketadi». (Ma’nosi: Eshituvchi va biluvchi
Allohning nomi ila la’natlangan shaytondan panoh tilayman.) Termiziy va Ibn Sunniy zaif
isnod bilan rivoyat qilishgan.
194/25. Muhammad ibn Ibrohim otalaridan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bizni bir sariyyaga (o’zlari ishtirok etmagan urush) yuboraturib, tongda va kech
kirganida:
«Afahasibtum annama xolaqnakum ‘abasan» (Sizlarning gumoningizcha, Biz sizlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |