«Quyosh og’ganida va kechqurun Rabbingizga hamd aytish ila (Uni) poklang»
(G‘ofir surasi, 55-oyat);
«Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo’rqib, dildan ertayu kech yod eting»
(A’rof surasi, 205-oyat);
«U (masjidlarda) ertayu kech U zotni poklab yod etadigan kishilar bordirki,
ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr qilishdan to’sa olmas» (Nur surasi,
36-oyat).
211/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Asr
namozidan to quyosh botgunigacha Allohni zikr qiluvchi bir qavm bilan o’tirishim Ismoil
alayhissalom zurriyotlaridan saksonta qulni ozod qilishdan mahbubroqdir», dedilar. Ibn
Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |