709/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
Zaynabga uylanganlarida, non va go‘shtlarni ulashib to‘y qilganlarini va to‘yning
sifatlarini hamda unga ko‘pchilikni chaqirganlarini aytib, hadisning davomini zikr qildilar:
«Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib, Oishaning (r.a.) hujralariga borib,
«Assalomu alaykum, ahlal bayti va rahmatullohi va barokatuhu», deganlarida, Oisha
(r.a.): «Va’alaykassalomu va rahmatullohi, ahlingizni nechuk holda topdingiz?» dedilar.
Shunda Rasululloh ham: «Alloh senga baraka bergan holda», dedilar. Bas, shu alfozda
barcha xotinlarinikida mehmon bo‘lib, ularga ham Oishaga aytgan so‘zlarini aytardilar,
www.ziyouz.com kutubxonasi
194
xotinlari ham Oishaning aytganidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga javob
qaytarishardi». Imom Buxoriy va boshqalar rivoyati.