226-bob Ahli fazl va solih kishilarga qizini uzatishni taklif qilish to‘g‘risida
703/1. Imom Buxoriy qilgan rivoyatda keltirilishicha, Hafsaning (r.a.) eri vafot etganida,
Umar ibn Xattob Usmonga (r.a.) yo‘liqib, Hafsani Usmonga (r.a.) taklif qilib:
«Xohlasangiz, qizim Hafsani sizga nikohlab ko‘yaman», dedilar. Usmon (r.a.): «Bir
o‘ylab ko‘raman», dedilar. Umar (r.a.): «Bu gapdan keyin bir kecha kutdim. So‘ngra
Usmon (r.a.) menga yo‘liqib, «Ravshan bo‘ldiki, bugungi kunda uylana olmas ekanman»,
dedilar. Bas, Abu Bakr Siddiqqa yo‘liqib, «Agar xohlasangiz, qizim Hafsaga sizni
uylantirib qo‘yaman», dedim. Abu Bakr (r.a.) sukut qilib turdilar...», deb hadisning
oxirigacha zikr qildilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |