232-bob Kishining xotini ila hazil-mutoyiba hamda latofatli iboralar bilan
muomala qilishi haqida
711/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga:
«Qiz bolaga uylandingmi yoki juvonga?» deganlarida, men: «Juvonga», dedim. Shunda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiz bolaga uylanmaysanmi, u sen bilan, sen esa
u bilan o‘ynashar eding», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
712/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Mo‘minlarning imon jihatidan mukammal va xulqi jihatidan yaxshilari ahllari uchun
xushmuomalali bo‘lganlaridir», dedilar. Termiziy va Nasaiylar rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |