231-bob Jimo’ paytida aytiladigan zikrlar
710/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar
sizlardan biringiz o‘z ahli huzuriga kelib, (jimo’ qilishni xohlab)
«Bismillohi, Allohumma jannibnash shaytona va jannibish shaytona ma rozaqtana»,
desa, o‘rtalarida bola bo‘lib qolsa, unga u (shayton) zarar bera olmaydi», dedilar.
(Ma’nosi: «Allohning ismi ila, Allohim, bizni shaytondan va shaytonni Sen bizga rizq qilib
bergan farzandimizdan yiroq qilgin».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Buxoriyning rivoyatlarida: shayton hech qachon zarar bera olmaydi, deb «shayton» lafzi
ila kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |