www.ziyouz.com kutubxonasi
158
aksa urganga javob qaytarishdagi kabi jamoadan bir kishining so‘zi kifoya qilganiga
o‘xshaydi.
195-bob Ovqat va ichimlikni (kamchiligini topib) ayblamaslik haqida
565/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech
vaqt taomni ayblamadilar. Agar ishtahalari bo‘lsa, undan yedilar. Agar ko‘ngillari
tusamasa, uni tark qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Muslim rivoyatlarida:
«Agar ishtahalari tusamasa, sukut kildilar», deyilgan.
566/2. Hulb (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir
kishi: «Ba’zi taomlar borki, ulardan o‘zimni noqulay his qilaman», deb aytganida, u zot:
«Qalbingda biror narsani iztirob qilma, unda nasroniylarga o‘xshab qolasan», deb
aytganlarini eshitdim». Abu Dovud , Termiziy, Ibn Mojalar rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |