196-bob Ovqatni ko‘nglim tusamayapti yoki uni yeyishga odatlanmaganman,
deb aytish joizligi
567/1. Xolid ibn Validdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga
pishirilgan taom tortiq etilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qo‘llarini
cho‘zib, moyillik ko‘rsatdilar. Shunda: «U Zabb-ku (echkiemarga o‘xshagan jonivor), ey
Rasululloh», deb aytishganda, u zot qo‘llarini undan ko‘tardilar. Xolid ibn Valid: «Ey
Rasululloh, Zabb harommi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, lekin
qavmim yerida bo‘lmagani uchun uni yeyishdan o‘zimni tiydim», dedilar. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |