199-bob Biror kishi ovqatga chaqirilsa-yu u o‘zi bilan boshqa bir kishini
ergashtirsa aytiladigan narsalar
571/1. Abu Mas’ud al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi besh kishilik taom
hozirlab, beshinchisi etib Rasulullohni ham chaqirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
o‘zlari bilan bir kishini ham olib keldilar. Uning eshigi oldiga yaqinlashganlarida,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uy egasiga: «Bu kishi menga ergashib keldi. Agar
xohlasang, bunga izn ber, kirsin. Agar xohlamasang, qaytib ketadi», deganlarida, uy
egasi: «Ey Rasululloh, uning kirishiga izn beraman», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |