Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
70
narsaga javob bermaydi, chunki
bu ishda yengil tabiatlilik, aqli kamlik va nodonlik
belgisi bor. Oqil kishi besabab g'azab qilishi loyiq emas. Kishining hayvonlarni urib-
so'kishi johilligiga belgidir, deyiladi.
Chunki hayvonlar aqlsiz, xitobni bilmaydi. Shuning
uchun ularni urib-so'kish to'la johillikdir.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir kishi shamolni la'natlayotganini eshitib:
"Kimda kim bir narsani la'natlasa-yu, o'sha narsa la'natga loyiq bo'lmasa, la'nat o'ziga
qaytadi", deganlar.
Abul Malih otasidan rivoyat qiladi: "Rasululloh sahobalardan birini mingashtirib olgan
edilar. To'satdan ot qoqilib ketdi, shunda haligi kishi: "Badbaxt shayton", dedi.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Badbaxt
shayton desang, shayton kattalashib,
uyga sig'may ketadi. Lekin "Bismillah" desang, u pashshadek maydalashib qoladi",
dedilar".
Sammok ibn Harb Abu Lifofa Adaviydan rivoyat qiladi: "Bokira joriya oldim va Madinaga
kirdim, so'ng uni sotishni xohladim. Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) oldimdan o'tdilar
va: "Ey a'robiy, bu qizni sotasanmi?, deb so'radilar. "Ha, ey Rasulullohning xalifasi",
dedim. "Qanchaga sotasan?", dedilar. "Bir yuz elikka", dedim. "Yuzga sotmaysanmi",
degan edilar. "Yo'q, Alloh sizga ofiyat bersin", dedim. U zot: "Yo'q, Alloh sizga ofiyat
bersin", dema, balki "Yo'q, va Alloh sizga ofiyat bersin", degin, dedilar".
Abu Bakr Siddiq
bu erda kalomning haddini o'rgatyaptilar, ya'ni, "Yo'q, Alloh sizga ofiyat bersin",
deyishda duoni ofiyatni inkor qilishga o'xshash ma'no chiqib qoladi.
Oqil qalbiga zid keladigan va hech eshitmagan hadisni eshitsa, uni yolg'on deyishi ham,
rost deyishi ham durust emas. Chunki uni yolg'onga chiqarsa, ehtimol, bu hadis rostdir.
Balki: "Bu hadisni bilmayman", desin.
Yahyo Abu Kasirdan, u Abu Salamadan, u Abu
Hurayradan rivoyat qiladi: "Ahli kitob Tavrotni ibroniy tilda o'qirdilar va uni
musulmonlarga arab tilida tafsir qilardilar. Shunda Rasululloh (sollallohu
alayhi
vasallam): "Ahli kitobni tasdiqlamanglar, yolg'onga ham chiqarmanglar. Balki, Allohga
iymon keltirdik va bizga va bizdan oldingilarga nozil bo'lgan narsaga iymon keltirdik,
denglar", dedilar".
Oldingi
ummatlardan bir kishidan, notanish ismni aytib, uning payg'ambarligiga iymon
keltirasanmi, deyishdi. Agar u, ha, desa, ehtimol, nabiy bo'lmas, agar yo'q, desa,
ehtimol, u payg'ambar bo'lib chiqar. Shunda: "Agar u payg'ambar bo'lsa, darhaqiqat,
men unga iymon keltirdim", dedi.
Abu Nasr Muhammad Salomdan kalomdagi masala haqida so'ralsa,
javob berishdan
bosh tortardi. Unga: "Agar bizga shunga o'xshash masalalar og'ir kelsa, nima deymiz",
deyishdi. U: "Allohga, Alloh iroda qilgan hamma narsaga, Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) aytgan va iroda qilgan barcha narsaga iymon keltirdik", deb aytinglar", dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: