Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
121
ham do'zaxdan chiqadi", dedilar.
Iymon ko'payadi, kamaymaydi, deganlarning hujjati Muoz ibn Jabaldan qilingan rivoyat.
Musulmon kofirdan meros olardi, ammo kofir musulmondan meros olmasdi. U kishi
aytdilarki: "Men Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam): "Islom ziyoda bo'ladi, lekin
kamaymaydi", deganlarini eshitganman". Boshqa bir rivoyatda: "Iymon ko'payadi,
ammo kamaymaydi", deyilgan.
Iymon ko'paymaydi ham, kamaymaydi ham, deganlarning hujjati Abu Muti' Hammod ibn
Salamadan, u Abu Mahzumdan, u Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilgan
hadisdir: "Saqif qabilasidan Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) elchilar keldi va
aytdilarki: "Ey Rasululloh, iymon kamayib ko'payadimi?". Nabiy (sollallohu alayhi
vasallam): "Iymon qalbda mukammaldir, uning ko'payib kamayishi kufrdir", dedilar".
Avn ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:
"Men Umar ibn Abdulazizning minbardan turib: "Agar ish huv ana u adashgan,
shakkoklar aytganidek, gunohlar iymonni kamaytiradigan bo'lganida, birortamiz kech
kirganida iymoni qanchaga ko'payganini yoki undan qancha qolganini bilmasdi",
deganlarini eshitdim". Alloh taoloning: "Iymonlariga iymon qo'shish uchun..." (Fath, 4)
degan so'zining ma'nosi haqida mufassirlar yaqiyn ziyoda bo'ladi, deyilmoqda,
deyishgan. Darhaqiqat, iymon Qur'onda bir necha uslubda zikr qilingan. Ularning
ma'nolari tafsir ahlining so'zlari bilan izohlanadi. Abu Muti': "Osmon va er ahlining
iymoni birdir, ular orasida ziyodalik va nuqson yo'q", deydi. Hishom Abu Yusufdan
rivoyat qiladi: "Men haqqan mo'minman va men Alloh huzurida mo'minman, ammo
iymonim Jabroil alayhissalom va Mikoil alayhissalomning iymonlariga o'xshash, deb
aytmayman". Muhammad ibn Hasan: "Men: "Iymonim Jabroil alayhissalomning
iymoniga o'xshash", degan kishini yomon ko'raman. Balki Jabroil va Mikoil iymon
keltirgan zotga iymon keltirdim, desin, shuningdek, iymonim Abu Bakr (roziyallohu
anhu) iymonlaridek deb aytmasin, lekin Abu Bakr (roziyallohu anhu) iymon keltirgan
zotga iymon keltirdim, deb aytsin", deydi.
Muhammad ibn Hasan yana aytdiki: "Sufyon Savriy: "Inshaalloh, men mo'minman", deb
aytar edi, so'ng bu so'zidan qaytdi va istisnoni tark etdi va: "Men mo'minman", dedi".
Muhammad ibn Hasan yana aytadi: "Agar ish mening qo'limda bo'lganida, qamoqlarni
o'g'rilar bilan emas, iymonim Jabroil alayhissalomning iymonidek, deb aytadigan kishilar
bilan to'ldirar edim. Vaholanki, men, Jabroil alayxissalom iymon keltirgan zotga iymon
keltirdim, deb aytaman".
Do'stlaringiz bilan baham: