bir inson, kompaniya yoki insonlar guruhi hisoblash quvvatlarining yarmidan
ko’prog’ini nazorat qilishga erishsalar, buni tarmoqqa bo’lgan 51% li hujum deb
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ataladi. Chunki bu holatda u yoki ularning amallarni monopol ravishda tasdiqlashi
yoki rad etishi mumkin bo’lib qoladi. Bundan tashqari, ular o’z bitkoinlarini bir
vaqtning o’zida ikki oluvchiga sotishlari ham mumkin bo’ladi. Bu ikki amalning
qaysi biri tasdiqlanishi va qonuniy (legitim) bo’lishini mayning va blokcheyn
tarmoq konsensusi yordamida aniqlanadi. Hozirgi paytda mayningga ajratilgan eng
ko’p miqdordagi hisoblash quvvati AntPool, F2Pool, VTSS Pool, Bit Fury
pullariga tegishli. Agarda ushbu pullar o’zaro kelishib olishsa, hujumni birgalikda
ham tashkil etishlari mumkin. Ammo ular buni qilishga botina olmaydilar, chunki
bu qaroqchilik oqibatida raqamli valyutaning narxi juda ham pasayib ketadi va
natijada katta bitkoin zahirasiga ega bo’lgan bu pullar katta moliyaviy zarar
ko’rishlari mumkin. Ammo kriptologlarning fikrlaricha, bir guruh insonlar pullarni
ishdan chiqargan holda ham hujumni uyushtirrishlari mumkin. Bunday hujumni
biror bir davlat yoki katta biznes (bank yoki xedj-fond) namoyondalari ham amalga
oshirishlari mumkin. Lekin bunday hujumni uyushtirish uchun kerakli bo’lgan
hisoblash quvvatlari va energiya sarfi juda katta bo’ladi. Masalan, agar 2016
yildagi bitkoin tizimining umumiy quvvati 1,2 million teraxesh bo’lgan bo’lsa va 1
teraxeshning narxi 4000 dollarligini hisobga olsak, hujum uchun 4,8 milliard dollar
kerak bo’ladi. Ammo agarda tarmoqning havfsizligi buzilsa, uni to’g’rilash uchun
ham mahsus tartiblar mavjud, albatta. Blokcheynni ko’pincha uning anonimliligi
uchun ham qattiq tanqid qiladilar. Oltin yoki markazlashmagan raqamli pullarga
ega bo’lish ishtiyoqi iqtisodiyotning ko’pgina sub’ektlarini o’ziga jalb qiladi.
Ammo anonimlilik tufayli noqonuniy ishlarga yo’l ochib berishdan cho’chish
raqamli texnologiyaning keng tarqalishiga mone’lik qiladi. Agarda masalaga
texnik nuqtai-nazardan yondoshsak, bitkoinning anonimliligi bilan bog’liq bir
qancha muammolarni chetlab o’tish mumkin bo’ladi. Masalan, bitkoin bloklari
zanjirida qanday o’zgarishlar sodir bo’layotganini bemalol kuzatib tursa bo’ladi.
Shunday qilib, har bir shaxs, huddi blokchain.info saytidagi singari,
blokcheyndagi jarayonlarni kuzatib turish imkonini beradigan dastur tusib qo’yishi
mumkin. Bitkoin adreslar o’z-o’zlaricha biror-bir fizik va huquqiy manzil bilan
bog’langan emas, shuning uchun ham bitkoinni anonim yoki nomsiz deb ataydilar.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Haqiqatan ham bitkoin tarmog’ida foydalanuvchining shaxsi uning istagiga
muvofiq o’zgartirilishi mumkin bo’lgan kriptografik nom (
psevdonim) orqali
yashirilgan. Barcha tranzakstiyalar psevdonim bilan imzolanadilar va ularning
to’g’riligini tekshirish hamda bitkoinlarni yangi egalariga topshirish uchun ular
umumiy tarmoqqa uzatiladilar. Shaxsning kim ekanligi boshqa vositalar yordamida
ham bitkoin adres bilan bog’lanishi mumkin. Bu ish amalga oshganida
blokcheynning tarixini tiklash orqali bu shaxsning o’tmishdagi amallarini bilib
olish mumkin. Individual ishtirokchining anonimlikni bir martagina buzishi ushbu
shaxsning barcha bitkoin-tranzaktsiyalarini bilib olishga imkon beradi. Agarda
hamkoringiz sizni yaxshi biladigan biror bir inson bo’lsa, u ochiq ma’lumotlar
yordamida sizning potfelingiz balansini bilib olishi ham mumkin. Agarda
hamkoringiz siz ma’lumotlar berishingiz kerak bo’lgan biror bir tashkilot (bank,
davlat, ijtimoiy tarmoq va boshqalar) bo’lsa, u xolda ushbu tashkilot siz
haqingizdagi barcha ma’lumotlarni biladi va uning komp’yuter vositalari sizning
blokcheyndagi ma’lumotlarinigizni bilib olishi ham mumkin. Masalan, agar siz
qandaydir saytdan bitkoin to’lash orqali biror bir mahsulot sotib olsangiz,
taabiiyki, unda o’z ma’lumotlaringizni qoldirasiz va bu bilan ushbu saytga
blokcheynga kirish va siz haqingizdagi ma’lumotlarni bilib olish imkonini
yaratasiz. Bitkoin tizimi Know-Your-Customer (KYC-kompaniyaning o’z mijozlari
shahslarini tekshirishi) jarayonini quvvatlamasligi ayni haqiqat va siz shaxsiy
ma’lumotlarni qoldirmagan xolda istalgancha hamyonlar ochishingiz mumkin.
Lekin bu ham bitkoin 100% anonim ekanligini anglatmaydi.Hozirgi davrdagi
deyarli barcha kriptovalyutalar shaffof blokcheyndan foydalanadilar. Ozroq
miqdordagi loyihalar esa blokcheynning shaffof emasligini ta’minlaydi. Masalan,
DASH
(digital
cash
-
oldingi
nomi
Darkcoin)
kriptovalyutasi
(https://www.dash.org) bitkoindan farli o’laroq, mijoz-server arxitekturasidan
foydalanadi va huddi bitkoin singari proof of work printsipini ishlatgan xolda
hulosani proof of stake (bo’lakni tasdiqlash) rejimida amalga oshiradi. Bunda
maxsus serverlardan (mastermodes) iborat bo’lgan tarmoqchalar hosil qilinadi, ular
esa o’z navbatida hususiy amallar (darksend) yoki momental o’tkazuvlar kabi
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
qo’shimcha funktsional imkoniyatlar yaratib beradi. Dash kriptovalyutasi
bitkoinga nisbatan ko’proq darajada anonimroq bo’lib, u ham to’liq shaffof
emaslikni ta’minlab bera olmaydi. Huddi shu kabi loyihalar jumlasiga Zerocoin va
Do'stlaringiz bilan baham: