Zero Cash Project larni ham kiritish mumkin. To’liq anonimlikni ta’minlashni
amalga
oshirgan
loyihalardan
biriga
misol
sifatida
Monero
(https://getmonero.org) loyihasini keltirish mumkin.Monero (esperantoda
valyuta ma’nosini anglatadi) da ikki asosiy hususiyat mavjud:
U pul mablag’larini jo’natish va qabul qilib olishni tranzaktsiyalar
barchaga ko’ringan holda amalga oshirish imkonini beradi;
U noaniqlik yaratib, sarf qilingan mablag’larni kuzatish imkonini
yo’qqa chiqaradi.
Monero protokoli bir martalik aylanma imzo usuli (one-time ring
signatures) dan foydalanadi. Ushbu texnologiya tranzaktsiyalarni to’liq yashirishga
imkon beradigan juda kuchli anonimlilik texnologiyasidir. Tranzaktsiyani tasodifiy
ravishda amalga oshirish uchun aylanma usulda imzo qo’yiladigan boshqa bloklar
zanjiri tanlanadi. Bu esa nashr qilish uchun barmoqlarning raqamli tasvirini hosil
qiladi. Tranzaktsiyani aniqlaydigan bunday raqamli tasvirni key-image (kalit
tasvir) deb ataladi. Bunday mug’ombirlik kuzatuvchilardan haqiqiy imzoni
yashirish uchun hizmat qiladi hamda amalning qonuniyligini va firibgarlik
emasligini kafolatlaydi. View-keys kalitlaridan foydalanish ham to’lov oluvchini
aniqlashga imkon qoldirmaydi. Bunda tranzaktsiya ochiq kalitdan foydalanmagan
holda bir martagina ishlatiladigan adresga jo’natiladi. Tranzaktsiyani o’qish huquqi
esa to’g’ri view-key (ko’rish uchun kalit) ga ega bo’lgan oluvchigagina tegishli
bo’ladi. Monero da shifrlanmagan operatsiyalar ma’n etiladi, shaffof emaslik
to’liq ta’minlanadi va amallarni kuzatuv imkoniyati yo’q. Loyihaning eng oxirgi
yangilanishiga esa trazaktsiyaning summasini ham yashirishga chora topishdi.
Monero ga o’xshash valyuta tizimlari dunyo bo’ylab tarqalib ketsa nima bo’ladi?
Hozirda uning kapitalizatsiyasi 150 million dollardan oshib ketdi, Microsoft
kompaniyasi esa uni Baas (Blokcheyn-as-a-service) tizimiga qo’shib qo’ydi. Lekin
bitkoinga o’xshab, Monero foydalanuvchiga to’liq anonimlilikni u tizim ichida
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
qolgandagina ta’minlaydi. Moneroni boshqa shaffof to’lov tizimlari bilan
ma’lumotlar almashinish uchun ishlatilganida uning konfidentsialligi ushbu to’lov
tizimi konfidentsialligi darajasiga qaytadi. Demak, agarda siz to’liq anonimlilikni
ta’minlamoqchi bo’lsangiz, Monerodan chiqmaganingiz ma’qul. Yuqorida
keltirilgan ma’lumotlardan tushunish mumkinki, qandaydir diler noqonuniy
topilgan pullarni biror bir kriptovalyuta tizimiga joylashtirishdan avval yaxshilab
o’ylab olishi lozim. Pullarni kriptovalyuta tizimiga joylashtirgandan so’ng, u
bemalol uhlay olmaydi, chunki agar u tizimdan ozgina mablag’ni ham bankka
chiqarsa, o’sha zahoti yer sharining qandaydir qismida joylashgan serverda buning
izi qoladi uning siri oshkor bo’lib qolish ehtimoli ancha ortadi.
Mashstablashuvchanlik tizimning o’lchamlar o’zgarishiga moslashuvchanlik
qobiliyatidir. Masalan, tizim katta talab bo’lgan hollarda o’z funktsiyalarini va ish
qobiliyatini ushbu sharoitlarga moslashtira olishi kerak. Ba’zi bir blokcheynlar
uchun konkret masalalarni hal qilish uchun kerakli bo’lgan texnik, iqtisodiy va
energetik resurslarning eksponentsiyal ko’payishi muammo bo’lib qoladi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |