Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ishlatish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini bilgan xolda tavakkalchilik miqdorini
minimallashtirish va qanday qilib bu yangi texnologiyalarni joriy moliyaviy
tizimga optimal ravishda joylashtirish masalalari ko’ndalang bo’lib turibdi. Bu
texnologiyalarni butunlay rad qilish yoki ularga to’liq ruxsat berish javobgarlikdan
qochish kabi tushunilishi mumkin. Biror bir mamlakatda bu texnologiyalarni to’liq
boshqarish mexanizmi hali-xamon kuzatilmagan va shuning uchun ham
kimlardandir nusha olish imkoniyati ham yo’q darajada. Barcha ijobiy va salbiy
fikrlarga qaramasdan, kriptovalyutalar va blokcheynlar texnologiyasi mavjud va u
baholi-qudrat ishlab turibdi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, kriptovalyuta jini
Aloviddining sehrli chiroqchasidan allaqachon chiqib ketgan va uzoq vaqt
davomida bu jin hali ham ko’za ichida deb o’zimizni ovuntirishimiz maqsadga
ham, aqlga ham muvofiq emas. Biznes esa kriptovalyutalarni ish jarayoniga tadbiq
qilish uchun tayyor bo’lib bo’lgan, dunyo miqyosidagi katta-katta halqaro banklar
esa kriptovalyutalarni va blokcheyn texnologiyalarni qanday qilib ishlatishni faol
o’rganmoqdalar. Moliyaviy texnologiya (Fintex) industriyasi blokcheynni
zamonaviy iqtisodiyotning eng perspektiv trendlaridan biri deb hisoblashgacha
bordi. Faqat bu texnologiyalarning huquqiy jihatdan aniqlamaganligi ularga keng
miqyosda rivojlanishga imkon bermayapti. O’z navbatida, blokcheyn hamjamiyati
barcha istovchilarga bu yangi tizimlarni o’rganishga yordam berishga tayyordir
(adabiyotlar ruyhatidagi saytlar ruyhatiga qarang). Biz ham sizni bu
jarayonlarning passiv kuzatuvchisi emas, balki aktiv ishtirokchisi bo’lishga
chaqirib, dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirish tarafdorimiz.
Blokcheyndan foydalanishning yana bir imkoniyati sifatida World Wi-Fi
platformasi yordamida aholi uchun internetdan tekin foydalanish imkonyatini
yaratishni ko’rsatishimiz ham mumkin. Bu platforma “Efir” (Ethereum)
kriptovalyutasi blokcheyniga asoslangan. World Wi-Fi platformasida uch tomon
bo’ladi: internet foydalanuvchisi, router egasi va reklama beruvchi. Ularning har
qaysisi ham tizimdan o’z foydasi ulushini oladi. Uyida router bor bo’lgan va
internetga ulangan oddiy insonlarni tekin Wi-Fi o’ziga jalb qila oladi, chunki ular
internetga qo’shimcha ulanish nuqtasini hosil qilib, unga boshqalarni jalb qiladilar
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
va shu orqali pul ishlay oladilar. Ularga ish haqqi WeToken kriptotokenlarida
keladi va ular bu tokenlarni real pullarga yoki kriptovalyutalarga almashtirib
oladilar.Kriptovalyutalar olamidagi yuqorida tavsif etilgan strategik va taktik xatti-
harakatlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshishi va rivojlanishi uchun,
bizning fikri ojizimizcha, hozirgi kunda mamlakatimizda to’rt xildagi asosiy
yo’nalishlar taklif etish mumkin:
Birinchi stsenariyda bit so’m kriptovalyutasi muomalaga chiqarilishi
mumkin. O’zbek milliy valyutasini blokcheynga va raqamli formatga
o’tkazish unga bir qancha afzalliklar berishi mumkin, ammo bu holda bir
qancha muammolarni qonunchilik asosida to’g’ri hal qilish kerak bo’ladi.
Masalan, ushbu blokcheynni kim boshqaradi va unga davlat maqomi
beriladimi yoki u korporativ maqomga ega bo’ladimi. Bit so’m ichki va tashki
bozorda qanday ishlatiladi va kim tomonidan nazorat qilinadi - degan
savollarga ham bank-moliya-kredit sohalari mutaxassislarini jalb qilgan holda
konkret, ishonchga sazovor hamda aniq javob topish lozim bo’ladi.
Ikkinchi yo’nalishda O’zbekistonning suveren davlat blokcheyn tizimi
tashkil qilinadi va u o’zida turli moliyaviy institutlarning funktsiyalarini
qamrab oladi. Bunday institutlar jumlasiga banklar, depozitariylar, pensiya
fondlari, soliq idoralari va boshqalarni kiritish mumkin. Bu amal soliq to’lash
va mablag’larni fondlarga o’tkazish ishlarini nisbatan osonlashtirish va to’liq
avtomatlashtirish imkonini beradi.
Uchinchi imkoniyat esa kriptovalyutani alohida tashkilotlarda yoki
hududlarda hayotga tadbiq qilinadi va bu sohada yetarlricha amaliy tajriba
to’planganidan so’ng, bu ish respublika miqyosida amalga oshiriladi
(masalan, O’zbekiston Respublikasidagi ochiq iqtisodiy xududlarda yoki chet
Do'stlaringiz bilan baham: |