Labaratoriya ishi.Uch fazali vo‘pryamitellar. Neytron chiqishli va ko‘prikli vo‘pryamitellar. Vo‘pryamitellarning tashki harakteristikasi.
Ishdan maqsad: Sinusoidal o‘zgaruvchan tokdan o‘zgarmas tok olish usuli bitta yoki ikkita yarim davrli to‘g‘rilagichdan foydalanilganda qator kamchiliklarga ega ,ular to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Uch fazali to’g’irlagichlarning chiqish parametrlari
1.1Tekislovchi filtrlarning asosiy parametrlari
Bunday to‘g‘rilagichning asosiy kamchiligi shuki ,to‘g‘rilagichdan pulsatsiyalanuvchi kuchlanish olinadi .Kuchlanish pulsatsiyalanishidan qutulish, ularni silliqlash ko‘p elektron apparaturalar ,ayniqsa bunday ko‘rinishdagi kuchlanish yaxshi seziladigan xalaqit beruvchi shovqinlar yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan radio apparaturalarning korrektishlashi uchun zarur shartdir. Silliqlovchi filtrlar deb ataladigan quyidagi sxemalar chiqish toki va kuchlanishlari pulsatsiyalarini bartaraf qilish uchun qo‘llaniladi Sig‘imli filtr, induktivli filtr, G- shaklli filtr, P-shaklli filtr .Kuchlanishning zarur sifatiga erishish uchun yuqorida keltirilgan filtrlarning turlikombinatsiyalari dan ham foydalaniladi.
1.2 Sig’imli filtrni ishlash prinsipi
Silliqlovchi filtrlarning ishlash prinsipi kondensator va induktivlik xossalariga asoslanadi. Ular energiya rezervuari rolini bajaradilar.
Ma’lumki, kondensatorda kuchlanish oniy o‘zgarishi mumkin emas, induktivlikda esa tok oniy o‘zgarishi yoki yo‘qolishining iloji yo‘q.
1-rasm. Sig‘imli filtrsxemasi
2-rasm. Induktivli filtrsxemasi
3-rasm. P-shaklli filtrsxemasi
Silliqlovchi filtrlarning ishlashi asosiga xuddi shu xossalar asos qilib olingan, misollarda ko‘rib chiqamiz. YUqoridagi rasmda birlamchi chulg‘amiga o‘zgaruvchan kuchlanish beriladi, ikkilamchi chulg‘amiga esa yuklama ulangan.YUklama orqali doimiy (o‘zgarmas) tok oqishi kerak.Mazkur sxemada to‘g‘rilagich rolini diod bajaradi.Kondensator S-filtrlovchi element.
4-rasm. S-filtrda chiqish toki va kuchlanishlariningko‘rinishi
Transformatorning ikkilamchi zanjiriga ulangan diodning ishini pulsatsiyali kulrang chiziqda ko‘ramiz. Anig‘i diod o‘zgaruvchan kuchlanishning manfiy qismini o‘tkazmay kesib, sinusoida to‘lqinining faqat musbat qismini o‘tkazadi, manfiy kuchlanishda esa yopiladi.
Kondensator, avval aytilganidek energiya rezervuari. Diod ochiq bo‘lganda va yuklama orqali tok oqayotganda (parallel ulangan) kondensator zanjirdagi kuchlanish qiymatigacha zaryadlanadi. Diod yopiq bo‘lganda esa (sinusoidaning manfiy to‘lqini) sig‘im borligi sababli kuchlanish darajasi keskin pasaymaydi. Kondensator yuklama orqali asta-sekin razryadlanib, shunday qilib kuchlanishning juda katta sakrab o‘zgaraѐtgan qiymatlarini silliqlaydi. Kondensator kelgusi musbat to‘lqingacha razryadlanadi, aniqrog‘i diod katodidagi kuchlanish kondensatordagi kuchlanishdan ortguncha. Va u yana zaryadlana boshlaydi. Bunday ishssikli doim takrorlanaveradi. Qizil rangli chiziq xuddi shu tahlil qilingan ishni ko‘rsatadi.
Agar to‘g‘rilagich sifatida diod ko‘prigi qo‘llanilsa, unda chiqish toki va kuchlanishi quyidagi ko‘rinishni oladi (5-rasm).
5-rasm. Diodli ko‘prikdan keyin filtrning chiqish toki va kuchlanishlarining ko‘rinishi
Diod ko‘prigi musbat ham manfiy kuchlanishda ishlayotgani sababli pulslilik ikki karra ortdi. Grafikdagi tok rasmi (ko‘k chiziq)qa e’tibor qaratsak, kondensator hisobiga tok keskin ortgan, bu esa o‘z navbatida har qanday elektr pribor uchun yaxshi holat emas. Yuzaga kelgan bu vaziyatda induktivlik g‘altagi yordamga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |