Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet414/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

ellik mutaxassislar ishlaydigan innovatsion qo’shma korxonalarda).  

 Oxirgi,  to’rtinchi  imkoniyat  esa  Rossiya  Federatsiyasidagidek  Markaziy 

bank  tomonidan  raqamli  kriptovalyutalar  bilan  ishlashni  amalga  oshiradigan 

pilot  loyihani  ishga  tushirishdir  (mastercheyn  loyihasi).  Ushbu  platforma 

bozor  ishtirokchlarining  elektron  usulda  o’zaro  ma’lumot  almashinishi  va 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

blokchenlarda identifikatsiya  qilinishi uchun  mo’ljallangandir.  Bu  tizim  asta 



sekin,  kritpovalyutalar  bilan  ishlash  tajribasi  oshib  borgan  sari  bir  qancha 

davlat  interaktiv  hizmatlarining  ham  navbatma-navbat  blokcheynga 

o’tkazilishini ta’minlashi mumkin. 

Respublikamizda  kriptovalyuta  bo’yicha  malakali  mutaxassislarning  juda 

kamligi  va  bu  sohadagi  tajriba  ozligini  hisobga  olgan  tarzda  bu  yo’nalishda 

malakali  mutaxassislar  tayyorlashni  ham  amalga  oshirish  zamona  talabi  bo’lib 

qolmoqda  (bu  taklif  oily  va  o’rta  mahsus  ta’lim  vazirligiga,  iqtisodiyot 

universitetiga,  moliya  institutiga  hamda  bank-moilya  akademiyasiga  tegishlidir).  

Lekin blokcheyn texnologiyalarni hayotga tadbiq qilish va o’zbek kriptovalyutasini 

chiqarich  innovatsion  g’oyasini  qadam  ba  qadam  amalga  oshirish  hozirdanoq 

boshlab  yo’lga  qo’yilishi  kerak  bo’lgan  hayot  taqozosidir.  Chunki  dunyodagi 

ko’pchilik  rivojlangan  mamlakatlar  o’zlarining  milliy  yoki  korporativ 

kriptovalyuta  loyihalarini  amalga  oshirmoqdalar  va  ular  keyinchalik  barcha 

raqamli  kriptopullarga  egalik  qilib,  boshqa  mamlakatlarni  bu  jarayondan  siqib 

chiqarishga  harakat  qiladilar.  Davlatning  monetar  siyosatidagi  eng  muhim 

amallardan  biri  pul  emissiyasini  nazorat  qilish  bo’lgani  uchun,  kriptovalyutadan 

voz  kechish  mamlakatdagi  moliya-kredit  tizimini  va  uning  jahon  moliya  kredit 

tizimi bilan aloqalarini sezilarli ravishda chegaralashga va uni izdan chiqishiga olib 

kelishi 


mumkin.Respublikaga 

innovatsion 

iqtisodiyotni 

tezkorlik 

bilan 

rivojlantirish  hamda  turli  xildagi  innovatsion  loyihalarni  moliyalashtirsh  uchun 



yuqoridagi  tegishli  bo’limda  tavsif  etilgan  ICO  (Initial  Coin  Offering) 

mexanizmini  ham  qonuniylashtirish  va  joriy  qilish  maqsadga  muvofiq  bo’lar  edi. 

Bunda  O’zbekistonda  ishlab  chiqariladigan  mahsulotlar  va  hizmatlar  bilan 

ta’minlangan tokenlar chiqarish va ularni ichki hamda tashqi bozorda  realizatsiya 

qilib, yig’ilgan mablag’lar  tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun ishlatilar edi. 

Loyiha  amalga  oshirlib  bo’linganidan  so’ng,  tokenlar  ko’rinishidagi 

kriptovalyutalar  egalariga  ularning  tokenlari  miqdoriga  teng  bo’lgan  tegishi 

mahsulotlar yetkazilib beriladi yoki ular uchun tegishi hizmatlar amalga oshiriladi. 

Masalan,  gipotetikUzCotton  kriptovalyutasining  (quyida  keltirilgan  barcha 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

kriptovalyuta  turlari  ham  gipotetik  mavqe’ga  ega)  har  biri  bir  tonna  paxtaga 

ekvivalent  bo’lishi  mumkin.  Demak,  ICO  tashkil  etuvchilar  bunday  tokenlarni 

sotib olgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ular tokenlari miqdoriga teng bo’lgan 

paxta 

yoki 


tola 

yetkazib 

berish 

majburiyatinio’z 

zimmasiga 

oladi. 


UzGoldkriptovalyutasining  bittasi  bir  gram  oltinga  ekvivalaent  bo’ladi,  demak, 

loyiha amalga oshganidan so’ng, bunday tokenlar evaziga tokenlar egalariga jahon 

birjasidagi  narxlar  bo’yicha  O’zbekiston  Respublakasida  zarb  qilingan  oltin 

tangalar  yoki  valyuta  beriladi.  Agar  innovatsion  loyiha  quyosh  yoki  shamol 

elektrostantsiyasi  (fermasi)  qurish  bo’lsa,  bitta  UzEnergo  kriptovalyutasi  bir 

kilovatt  energiyaga  teng  bo’ladi  va  demak  elektrostantsiya  ishga  tushirilganidan 

so’ng,  kriptovalyutani  sotib  olgan  inson  yoki  tashkilot  oldingi  pastroq  bo’lgan 

narxlarda  tokenlariga  mos  bo’lgan  elektroenergiyadan  foydalanishi  mumkin 

bo’ladi.  Agar  masalan,  UzKvartira  deb  atalgan  tokenlarning har  biri bir kvadrat 

metr  uy-joy  maydoniga  teng  deb  chiqarilan  bo’lsa,  u  xolda  tokenlarning  egalari 

loyiha  amalga  oshganidan  so’ng,  ushbu  tokenlar  miqdoriga  teng  bo’lgan  uy-joy 

maydoniga  egalik  qila  oladilar.  Ya’ni  ularning  jalb  qilingan  pullariga 

(kriptovalyutalar  sotishdan  yig’ilgan  pullarga)  uy  quriladi  va  keyin  uydagi 

kvartiralar  kriptovalyutalar  egalariga  tokenlarga  mos  ravishda  taqsimlanadilar. 

Demak,  ko’pchilik  insonlar  uy-joyli  bo’lish  uchun  banklardan  yuqori  foyizli 

ipoteka kreditini olish o’rniga hech qanday kredit mablag’lari jalb qilmasdan turib, 

uy qurayotgan kompanniyadan kriptotangalar sotib oladilar va birozdan so’ng, uy-

joyli  bo’ladilar.  Agar  ularga  uy  kerak  bo’lmasa,  kriptotangalarni  ikkilamchi 

bozorda  sotib,  qo’shimcha  daromad  ishlab  olishlari  ham  mumkin.  Buni 

kriptovalyutalardan foydalanishning spekulyativ usuli deb atash mumkin. 

Ushbu  risola  kriptovalyutalarga  bag’ishlangan  va  o’zbek  tilida  yozilgan 

dastlabki kitoblardan biri bo’lib, kamchiliklardan holi emas, albatta. Unda raqamli 

texnologiyalar,  sun’iy  intellect,  bulutli  texnologiyalar,  elektron  tijorat,  raqamli 

davlat 


hizmatlari, 

raqamli 


fintexnologiyalar, 

kriptologiya, 

kriptografiya, 

blokcheyn,  kriptovalyuta,  uning  turlari,  tarqalishi,  ishjlatilishi,  tarixi,  rivojlanishi, 

bozorlari,  birjalari,  almashinuv  punktlari,  ICO  lar  va  ularni  tashkil  qilish 




Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish