information texnologiyalar va elektron hujjat aylanishi sohasida bir qancha yangi
samarali yo’nalishlar hosil bo’lishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyotning
rivojlanishiga asosiy turtkilardan biri bo’lib, jahon miqyosidagi internet tizimining
barqaror ishlashi va sifatli aloqaning mavjudligi sabab bo’ldi. Bu imkoniyatlar
natijasida katta hajmdagi ma’lumotlarni almashinishni amalga oshirilishi hamda
ularni saqlash va qayta ishlash mumkin bo’ldi. Bu esa o’z navbatida aniqroq
imkoniyatlaridan unimli foydalanishga yo’l ochadi. Bunday ishlarni amalga
oshirish uchun esa global information platformalar ko’rinishidagi infratuzilma
talab etiladi, albatta. Ammo bunda bir qancha tavakkalchiliklarga duch kelish
ehtimoli vujudga keladi, shu jumladan, ma’lumotlarni yo’qotish ehtimolligi,
biznesni yoqotib qo’yish ehtimolligi, ish joylarining kamayib ketishi, havfsizlikka
putur yetishi va modernizatsiya qilish zaruriyati. Bu muammolarni iloji boricha tez
hal qilish kerak bo’ladi, aks holda kechikich, katta zararlarga olib kelishi mumkin.
Chunki boshqa rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyot faol ravishda va tezkorlik
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bilan elektron ko’rinishga o’tkazilmoqda. Iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi
savollarga alohida ahamiyat berish kerak bo’ladi:
Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi?
Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday bo’lishi lozim?
Iqtisodiyotni raqamlashtirishda nimalarga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish
kerak?
Kelajak nuqtai-nazaridan raqamli iqtisodiyotni qanday tasavvur qilish
mumkin? Fikrimizcha, bu ob’ektiv jayon bo’lib, uni to’xtatib turishga bizda imkon
yo’q. Ammo har qanday rivojlanayotgan jarayon singari, unda ham ijobiy hamda
salbiy tomonlar mavjud. Eng birinchi navbatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish
va qo’l mehnatini texnologiyalar bilna almashtirilishi hisobiga ish o’rinlari ancha
miqdorga kamayadi. Ijobiy tomonlar esa qulaylikning vujudga kelishi, ishlab
chiqarish unumdorligining oshishi, oldin hayolga ham kelmagan yangi
imkoniyatlarning paydo bo’lishidir. Ammo asosiy muammo bunda ham emas,
muammo inson bilan bog’liq – inson ham bunday global o’zgarishlarga tayyormi?
Ilg’or texnologiyalar katta siyosiy g’alayonlar, to’qnashuvlar, misli ko’rilmagan
tabaqalanishlar, millatchilik, tushunmovchiliklar va inqiloblarga olib kelmaydimi?
Robotlar va sun’iy intellect tizimlari insonlar o’rnini egallab olib, ularning
raqobatchilariga aylanmaydimi? Chunki raqamli transformatsiya insoniyat
evolyutsiyasining yana bir bosqichidir. Agar tarixga nazar solsak, bunday
o’zgarishlar ko’p martalab sodir bo’lgan. Yangi texnologiyalar hosil bo’lib, ular
odatiy mutaxassisliklarning o’rning egallaganlar. Ammo bularning natijasida
insonlar ko’pchilik xollarda manfaat ko’rganlar holos. Moslasha olmaydiganlar
uchungina bunday jarayonlar yomon bo’lib chiqqan, albatta. Lekin, ko’pchilik
insonlar moslasha oladilar va buning natijasidan insoniyat hayoti yanada farovon
va yanada yaxshi bo’lib boraveradi. Endi yuqoridagilardan kelib chiqqan holda,
hulosa sifatida kriptovalyutalar bilan bog’liq bir qancha taklif va mulohazalarni
yoritib o’tamiz. Pullarni har kim va har kuni ishlatishiga qaramay, pul nima o’zi? -
degan savolga ko’pchilik insonlar to’g’ri javob bera olmaydilar. Pulni absolyut