3D-printerlar ham Industriya 4.0 ning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bu texnologiyani amaliyotda „additiv texnologiyalar“ deb ham yuritiladi, 3D-
pechatning ishlab chiqarishda ishlatilishi esa „additive manufacturing“ (AM) deb
nomlangan. Ushbu usulning boshqalaridan farqi shundaki, kerakli mahsulot uni
qavatma-qavat turli materiallarni (metallni, plastikni, gipsni, kompozir
materiallarning kukunlarini) ishlatgan holda ko’p marotabalab chop qilinib hosil
qilinadi. Bunday ko’p qavatli pechat usuli istalgan murakkablikdagi detallarni
svarkasiz, ulovlarsiz va butlovchi qismlarsiz tezkorlik bilan yaratish (yasash)
imkonini beradi. 3D-texnologiya aviatsiyada, avtomobilsozlikda, meditsinada,
stomatologiyda, maishiy sohada, mahsus qurilmalar yasashda va boshqa
yo’nalishlarda murakkab detallarni tez va arzon yaratishda ishlatilishi mumkin.
3D-printerlar yangi mexanizmlarning prototiplarini yaratishda va tayyor
mexanizmlarning modellarini yasashda hamda ularni real sharoitlarda tekshirib
ko’rishda ham ishlatilishi mumkin. Additiv texnologiyalarning boshqa
afzalliklariga ishlab chiqarish tsiklining kamayishini, transport harajatlarining
pasayishini, zakaz uchun mahsulotning kichik-kichik partiyalarini chiqara olishni
ham ko’rsatish mumkin. Kelajakda 3D-printerlar ishlab chiqarish modelini
o’zgartirib, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni bir-birlariga yaqinlashtirish
uchun ham hizmat qilishi mumkin. Bu ayniqsa seriyali ishlab chiqarish va kichik
partiyada mahsulotlar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday
turdagi ishlab chiqarish maqkazlashmagan ishlab chiqarish degan nomni olgan –
distributed manufacturing (Zaxarov A. 3D-ishlab chiqarish//RBK, yanvar-fevral
2017. Str.21).
Hozirgi zamonda robototexnikaning evolyutsiyasi shunga olib keldiki, endi
ular nafaqat oddiy operatsiyalarni bajara oladilar, balki ular insonlarning ovozlarini
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
taniy oladilar, harakatlarini kuzata oladilar va sun’iy intellektga egadirlar. Bular
hodimlar va ishchilar bilan birgalikda ishlay oladigan avtonom robotlaridir. ABB
firmasining YuMI deb nomlangan poboti mahsulot mahsulot yig’ish konveerida
boshqa ishchilarning qo’llari konturlarini va yig’ilayotgan mahsulotning tarkibiy
qismlarini taniy oladi. Kaliforniya shtatidagi Tesla avtomobillari zavodida 160
nafar universal ishlab chiqarish robotlari haftasiga 400 ta avtomobil yig’adilar.
Robototexnika halqaro federatsiyasining ma’lum qilishicha 2000-2012 yillarda
ishlab chiqarish robotlarining sotish hajmi 60% dan ortiqroq miqdorga o’sdi (Ford
M. Robotlar hujum qilayaptilar. M.: Alpina non-fikshn, 2016. str.21). Yaponiyada
esa robotlar hizmat qiladigan mehmonhonalar juda ommabop hisoblanadi. Bu
yerlarda robotlar ovqat pishiradilar, idish yuvadilar, yig’shtiradilar, kofe
tayyorlaydilar, yo‘lovchilarga yordam ko’rsatadilar. Misol sifatida yaponiyaning
sushi-restoranlar tarmog’i Kura ni keltirish mumkin. Unda robotlar sushi
pishirishga yordam beradilar, ofitsiyantlar hizmatini qiladilar, hisob varaqlari
tayyorlaydilar va boshqa amallarni bajaradilar. Avtomatlashtirishga asoslangan
tizimga o’tish tufayli Kura bir tarelka sushining narxini bir dollargacha tushirishga
mufaffaq bo’ldi, bu esa raqobatchilar oldida katta afzallillarga erishishga imkon
berdi. (
http://www.nytimes.com/2010/12/31/business/global/31sushi.html
). Shu
turdagi boshqa robotlarga misol sifatida ikki o’lchamli ko’rish tizimiga ega bo’lgan
robot Rethinkni, yuk tashuvchi robot Industrial Perseption larni keltirishimiz
mumkin. Robotlar uchun mo’ljallangan operatsion tizimlar [ROS (Robot Operating
Systems)] Stenford Universitetining sun’iy intellekt laboratoriyasida ishlab
chiqilgan. Keyinchalik bu tizimni to’laqonli robototexnik platformaga aylantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |