14.3. Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlari
Raqamli
elektron
iqtisodiyotning
yaqin
kelajakdagi
rivojlanish
yo’nalishlaridan eng diqqatga sazovorlari Industriya 4.0 – Buymlar interneti,
Virtual va To’ldirilgan voqe’lik (VR va AR) hamda 3D-printerlar desak, aslo
yanglishmagan bo’lar edik. Hozirgi kunda internetga turli xildagi qurilmalardan
kirishlar soni unga insonlarning kirishlari sonidan ko’ra ko’proq bo’lib ketgan
(Lavina dannix//Ogonyok, №24, 24 oktyabr 2016, str.4-5). „Aqlli uy“,
„Xaydovchisiz avtomobil“, „Ishchilarsiz zavod“ va „Inson ishtirokisiz savdo“ deb
nomlangan loyihalar barchaga ma’lum va mashxur. Gamburg dengiz portida IoT
tizimi portga kelayotgan yuk mashnalari haqidagi ma’lumotlarni yig’a va tahlil qila
oladi. Buning natijasida portning o’tkazuvchanlik qobiliyati 178% ga ko’paygan.
2019-2020 yillarga kelib, IoT ning jahon bo’yicha yillik o’sish sur’ati 23% bolishi
kutilgan holda, 2021 yilga kelibinternetga ulangan 28 milliard qurilmalardan 16
milliardi IoT bilan bog’liq qurilmalar bo’lishi bashorat qilingan. 2025 yilga kelib
esa internetga uangan barcha datchiklar soni 10 trillion bo’lishi kutilmoqda. IoT
bozori eng katta bozorlardan biri bo‘lib, u yil sayin faqat qo’paya boradi. 2020
yilga kelib bu bozorning hajmi €1,9 milliard evro bo’lishi BCG konsulting
kompaniyasi tomonidan ta’kidlanmiqda (Evans Philip, BCG, 2015, p.74).
Virtual voqe’lik (virtual realityv VR) va to’ldirilgan reallik (augmented
reality – AR) texnologiyalari ham kelajak trendlari bo’lib, ular borgan sari ko’proq
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ishlab chiqarishga tadbiq qilinmoqda. Virtual reallik texnologiyasi real dunyoni
komp’yuter grafikasi vositasida yaratilgan virtual punyiga ko’chiradi. To’ldirilgan
reallik texnologiyasi esa atrof-muxitdagi real dunyoni qo’shimcha elementlar,
ma’lumotlar va ob’ektlar bilan to’ldiradi. Bunday texnologiyalar har bir
hizmatchiga mashina va nexanizmlarning ichki tuzilishi ko’rishga va ishlashini
kuzatishga imkon beradi. Natijada ishchi va hizmatchilar ob’ektni yaxshiroq
tushunish, boshqarish va undagi potentsiyal havflar va buzilishlarning oldini
olishlari mumkin bo’ladi. Masalan, BMW Group mutahassislari Miniavtomobillari
markasi uchun mashina dvigatelining nosozliklarini aniqlashga imkon beradigan
to’ldirilgan reallik ko’zoynaklarini yaratdilar. Bunday ko’zoynaklar yordamida
motorning ishini rangli uch o’lchamli tasvirda ko’rish va ta’mirlashlash uchun
instruktsiyalarni olish mumkin (Ryussman Maykl, Ishchilar va robotlar uchun ish
joylari, BCG, 2015, p.47). AR va VR texnologiyalarning yana boshqa faol
qo’llanilish soxalariga ta’limni, muzeylar faoloyatini va vistavkalar taskil qilishni
kiritish mumkin. Digi Capital kompaniyasining baholashiga ko’ra, 2020 yilga
kelib, to’ldirilgan reallik bozorining hajmi $90 milliard dollarga yetar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |