3-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTNING ASOSIY TARKIBIY
ELEMENTLARITAVSIFI
3.1. Maynerlar va ularning raqamli iqtisodiyotdagi ahamiyati
Maynerlar, ya’ni kriptoiqtisodiyotda raqamli valyutalarni yaratuvchi
(emissiya qiluvchi) sub’ektlar 2015–2018 yillarda bitkoin kursining o‘sishi
hisobiga ulkan daromadga ega bo‘ldilar hamda uning kursi 2015 hamda 2018
yillarda keskin pasayishidan katta ziyon ham ko‘rdilar. Ammo, shunga
qaramay,kriptovalyutalar yordamida potensial foyda olish imkoniyati borligi
tufayli, ko’pchilik insonlar va kompaniyalar o’zlarning kompyuter resurslarini
mayning sohasiga jalb qilishni hali ham davom ettirmoqdalar. Harajatlar, ayniqsa,
elektr energiyasi harajatlari o‘sishi foyda olishni tobora qiyin vazifaga
aylantirishiga qaramay, mayningdakompyuter quvvatlarining hayratlanarli tarzda
o‘sishi kuzilmoqda. Bitkoin jamiyatining ayrim a’zolari mayningni – o’zlari uchun
farovon hayot timsolideb hisoblanadilar va bunga ishonadigan kishilar yetarli
darajada ko’p. Shunday qilib, mayning ayni damda «qurollanish poygasi» yoki
«xeshreytlar urushi» bosqichida turibdi. Maynerlar bitkoin matematik masalalarini
yechishda
g‘olib
chiqish
uchun
tobora
yuqori
natija
beradigan
superkompyuterlardan va algoritmlardan foydalanmoqdalar.Nazariy jihatdan
blokcheyn faqat bitta bo‘lishi lozim va u asta-sekinlik bilan barcha tasdiqlangan
tranzaksiyalarning uzluksiz, monolit qaydini yaratadigan xesh-aloqalar asosida
shakllanadi. Vaqti-vaqti bilan blokcheynda ikkilanishlar paydo bo‘ladi: tashlangan
– tugallanmagan yoki tasdiqlanmagan tranzaksiyalar bloki vujudga keladi. Boshqa
maynerlar uni verifikatsiya qilishga urinadilar, lekin ba’zidauning qonuniyligi va
unga o‘z bloklarini qo‘shib olish immkoniyatiga ishonchlari komil bo‘lmaydi.
Biroqumumiy rozilikka asosan tashkil qilingan bitkoin tizimi zo‘r mahorat bilan
ishlangani shundaki, bunday ikkilanishlar uzoq vaqt davom etmaydi. Axir
maynerlar guruhlari eng uzun blokcheyn tarmog‘i qonuniy hisoblanadi degan
taxmindan kelib chiqib, harakat qiladilar. Maynerlarning aksariyati, muayyan
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
blokcheyn tarmog‘i ustida birgalikda ishlab, uning qonuniyligini tasdiqlaydilar.
Chunki ular ko‘pchilik maynerlar tomonidan tan olinmaydigan zanjirning kichik
tarmog‘ini xato ravishda (yoki firibgarlik maqsadlarida) davom ettishga harakat
qilib, ushbu kichik qismi ega bo‘lgan hisoblash resurslariga ega bo‘ladilar.
Kattaroq hisoblash resursi shuni anglatadiki, unga ega bo‘lgan maynerlarning
ko‘pchiligiko‘proq sonli kriptotangalar yutadilar va vaqt o‘tishi bilan uzunroq
blokcheyn zanjirini quradilar. Bu holatni o‘z bloklarini bloklar raqamlari pastroq
bo‘lgan va zanjirlari qisqaroq tarmoqlariga ulaydigan kompyuterlar darhol sezib
qoladilar. Bu «adashgan» maynerlarkeyinroq zanjirning uzunroq tarmog‘iga o‘tib
oladilar. Bloklar va tranzaksiyalarularni maynerlarning ko‘chiligi shunday
hisoblagan holdagina qonuniy hisoblanadilar. Agarda alohida olingan bir mayner
o‘z qo‘lida tarmoq hisoblash resursining 50%dan ortig‘ini mujassam etadigan
bo‘lsa, muammo yuzaga kelishi mumkin. Shunday qilib, ochiq kodli dasturlar
bilan ishlaydigan dasturchilar guruhi hozirgi paytda «egoistik mayning» va «51%
hujum»dan himoya qilishning qo‘shimcha choralarini qidirish bilan mashg‘ullar.
To‘g‘risini aytganda, bitkoin yaratilgan paytdan beri bunday turdagi hech qanday
muttahamlik sodir bo‘lmagan. Satoshi Nakamoto yozganidek, «…agar qaysidir
Do'stlaringiz bilan baham: |