Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Smart-shartnomalar haqida tushuncha



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Smart-shartnomalar haqida tushuncha 

Moliya-kredit  tizimidagi  o‘zgarishlar  sur’ati  smart-shartnomalar  paydo 

bo‘lishiga  va  uning  tobora  ko‘proq  ishlatilishiga  hizmat  qilmoqda.  Hozir 

ko‘pchilik  kompyuter  savodxonligiga  ega  bo‘libgina  qolmasdan,  yangi 

texnologiyalarning  nozik  jihatlarini  ham  o‘rganib  olmoqda.  Blokcheynga 

asoslangan  smart-shartnomalarda  tranzaksiyalarni  qayd  qilish  masalasiga 

keladigan  bo‘lsak,  bu  yangi  raqamli  vosita  o‘z  xususiyatlari  bo‘yicha  qog‘oz 

shaklidagi  o‘tmishdoshlaridan  jiddiy  farq  qiladi.  Kriptograf  Nik  Sabo  aytib 

o‘tganidek,  ular  nafaqat  kengroq  doiradagi  axborot  (xususan,  til  bilan  bog‘liq 

bo‘lmagan sensorik axborot) qayd etishga qodir, balki dinamik hususiyatlarga ega 

hisoblanadi ham. Smart-shartnomalar axborot uzatishi va ayrim turdagi qarorlarni 

esaavtomatik  tarzda  qabul  qilishi  ham  mumkin.  Sabo  ta’rif  berishicha,  «raqamli 

intellektual  media  hisob-kitoblarni  amalga  oshirishi,  bevosita  mashinalarni 

boshqarishi  va  ayrim  mulohazalarni  odamlardan  ham  yaxshiroq  bajarishi 

mumkin».  Ushbu  muhokamada  biz  smart-shartnoma  deganda,  odamlar  va 

tashkilotlar  o‘rtasida  qayd  qilingan  bitimlarni  kafolatlaydigan,  nimalarnidir 

bajarishga  ruxsat  etadigan  va  ularni  ijro  etadigan  intellectual  kompyuter 

dasturlarini  tushunamiz.  Shunday  qilib,  smart-shartnomalar  ushbu  bitimlrani 

muhokama  qilish va tavsiflashda  ham  ishtirok  etadilar. Sabo ushbu  atamani 1994 

yil,  birinchi  web-brauzer,  Netscape  bozorga  chiqqan  vaqtda  taklif  etgan 

edi.Smart-shartnoma–shartnoma 

shartlarini 

ijroga 

keltiradigan 

kompyuterlashtirilgan 

aqlli 


tranzaksiya 

protokolidir. 

Smart-shartnomalar 

sxemasining  asosiy  maqsadlari–umumiy  muayyan  shartlarni  qondirish  (masalan, 



to‘lov shartlarini, garov huquqlarini, mahfiylikni, hatto sanksiyalar kabi shartlarni 

ham), ataylab qilingan va tasodifiy istisnolarni minimal holatga keltirish, ishonchli 

vositachilarga  ehtiyojni  pasaytirishdan  iborat.  Bunday  kontraktlar  o’zaro 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

bog‘langan iqtisodiy maqsadlarni amalga oshiradi, firibgarlik tufayli yo‘qotishlarni 



minimallashtiradi,  arbitraj  va  majburiyatlarni  majburiy  ijro  etish  harajatlari  va 

boshqa  tranzaksiya  harajatlarini  pasaytirishni  o‘z  ichiga  oladi.Smart-shartnoma 

g‘oyasi tajribaga asoslanmagan, sinalmagan bo‘lib ko‘ringan bir paytda hech qaysi 

mavjud  texnologiyalar  uni  Sabo  tavsiflaganidek  amalga  oshirishga  imkon 

bermagan  bo‘lardi.  Strukturalangan  axborotni  sotuvchilar  va  xaridorlar 

kompyuterlari  orasida  uzatish  uchun  standartlarni  ta’minlaydigan  elektron 

ma’lumot almashinish (EDI –Elektronic Data Interfeys) kabi kompyuter tizimlari 

bo‘lgan, lekin hech qanday raqamli texnologiya bungacha qadar real to‘lovlar bilan 

ishlash  tashabbusi  bilan  chiqmagan  va  bevosita  pul  mablag’lari  almashinishni 

amalga oshira olmagan.Bitkoyn va blokcheyn tizimi bun xolatni tubdan o’zgartirib 

yubordi.  Endi  tomonlar  o’zaro  bir  tomonlama  yoki  ikki-uch  tomonlama  bitimlar 

tuzishi  va  bitim  shartlari  bajarilgandagina  bitkoinlarni  avtomatik  ravishda  sotishi 

mumkin.  Oddiy  misol:  agar  siz  akangiz  billan  xokkey  o‘yini  natijasi  borasida 

garov  boylashgan  bo‘lsangiz,  u  to‘lovdan  qochib  qola  olmaydi.  Murakkabroq 

misol: agar siz aksiyalar xarid qiladigan bo‘lsangiz, bitim darhol tartibga solinadi 

va aksiyalar shu ondayoq sizga o‘tkaziladi. Yanada murakkab bir misol: pudratchi 

tadbirkorga mos keladigan daturiy kod jo‘natishi bilan u avtomtik ravishda to‘lov 

oladi. Cheklangan smart-shartnomalarni amalga oshirishning texnologik vositalari 

hozirda  mavjud  va  bir  qancha  platformalarda  ishlab  ham  turibdi.  Demak,  bunday 

smart-shartnomalar  –uni  amalga  oshirishning  qonuniy  yo‘li  bilan  avtomatik 

ravishda  ta’minlanadigan,  shartnoma  shartlarini  intellectual  ravishda  avtomatik 

holda  bajara  oladigan,  blokchyn  tarmoqlarida  mavjud  bo’lgan  hamda  dastlabki 

muhokama  va  sinovdan  o‘tgan  virtual  qiymatlar  almashinishiningaqlli  elektron 

texnologiyasidir, desak yanglishmaymiz. 




Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish