Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Augur  huquqbuzarliklarga  nisbatan  nolga  teng  bo‘lgan  sabr-toqatni  joriy  qilib, 

noaxloqiy  shartnomalar  muammosini  ham  hal  qiladi.Bashorat  bozorlari  yakuniy 

hodisalarga  stavkalardan  manfaatdor  bo‘lgan  investorlar  uchun  foydali,  masalan: 

«IBM daromadi bu chorak hech bo‘lmasa 10 sentga o‘sadimi?» Hozir korporativ 

foydaning  dastlabki  bahosi  –  bir  nechta  ekspert  tahlilchilar  bashoratlarining 

o‘rtacha yoki mediana qiymati, xolos. «Omma donishmandligi»dan foydalanib, biz 

kelajak uchun realistik bashorat qilamiz, bu esa bozorlarni yanada samarali qiladi. 

Bashorat bozorlarianomal hodisalar va global noaniqlikka qarshi xedjirlash uchun 

hizmat qilishi ham mumkin. Bashorat bozorlari butun dunyo bo‘ylab investorlarni 

ertaroq  xabardor  qilish  tizimi  sifatida  xolisona  ishlashi  ham  mumkin.Bashorat 

qilish  bozorlari  moliya  tizimining  ko‘plab  jihatlarini  to‘ldirishi  va  oxir-oqibat 

o‘zgartirishi  mumkin.  Xaridlar,  rahbariyatning  almushinuvi  haqida  hisobotlar 

bo‘yicha bashorat bozorlarini tasavvur qilib ko‘ring. Bashorat bozorlari axborotlari 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

asosida bozorni xedjirlash va qadriyatlarni sug‘urtalash amalga oshirilishi mumkin 



va istiqbolda ular hatto optsionlar, foiz stavkasi svoplari va kredit defolti svoplari 

kabi  mistik  moliyaviy  vositalarni  siqib  chiqaradi.Albatta,  bashorat  bozori  hamma 

joyda  ham  kerak  emas,  albatta.  U  yetarli  miqdorda  odamlar  qiziqib  qolmagunga 

qadar e’tiborni jalb qilish qilish uchun  kerakli darajada likvidli bo‘lmaydi. Lekin 

baribir  uning  salohiyati  ulkan  va  hamma  uchun  ochiq  hisoblanadi.  Blokcheyn 

texnologiyalarimoliya hizmatlari bozorining chakana banking va kapital bozoridan 

tortib  buxgalteriya  hisobi  va  tartibga  solishgacha  bo‘lgan  barcha  turlari  va 

funksiyalariga  ta’sir  etadi.  Shuningdek,  ular  banklar  va  moliyaviy  institutlarning 

jamiyatdagi  rolini  qayta  ko‘rib  chiqishga  majbur  qiladi.  Agar  eski  dunyo  qattiq 

ierarxiyaga  ega,  sust,  yopiq  va  shaffof  emas  bo‘lsa,  o‘zgarishlarga  qarshilik 

ko‘rsatsa  va  kuchli  vositachilar  tomonidan  nazorat  qilinsa,  yangi  dunyo  tekisroq, 

piring  qarorlari  taklif  qiladigan  va  ishonchli,  shaffof,  funktsiyalari  bir-biriga 

kiritilgan va innovatsion bo‘ladi. Albatta, o‘zgarishlarnormal faoliyat ko‘ratishning 

buzilishi  va  beqarorlikka  olib  keladi,  lekin  tarmoq  yetakchilari  bugunning 

o‘zidayoq  bu  borada  qandaydir  choralar  ko‘rish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladilar. 

Moliyaviy  hizmatlar  sohasini  yaqin  yillarda  qisqarish  ham,  o‘sish  ham  kutib 

turibdi:  kamroq  sonli  vositachilar  ancha  kichik  harajatlar  bilan  ko‘p  sonli 

kishilarga  ko‘proq  mahsulot  va  hizmatlar  taklif  qilishlari  mumkin. 

Nomarkazlashgan  dunyoda  ochiq  va  yopiq  blokcheynlar  o‘ziga  joy  topa  oladimi, 

yo‘qmi – bu tortishuvli masala. O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasining bartaraf 

qilib  bo‘lmaydigan  kuchi  hozirgi  kunda  zamonaviy  moliyaning  mustahkam 

o‘rnashib  olgan,  tartibga  solib  tashlangan  va  rivojlanishdan  to‘xtagan 

infratuzilmasiga hujum qilmoqda. Ularning to‘qnashuvi moliya tizimi landshaftini 

o‘n yilliklarga o‘zgartirib yuboradi.Umid qilamizki, u nihoyat industrial davrning 

pul  mashinasidan  platformasiga  aylanadi.Potensial  foyda  olish  taklifi  bilan  jalb 

qilinganbir  nechta  kompaniya  blokcheynlar  uchun  qidiruv  dasturlari  yaratish 

muammosi  ustida  ishlamoqda.  Google  dunyodagi  barcha  axborotlarni  yig’ish  va 

tashkil  qilish  missiyasini  o‘z  zimmasiga  olgan  va  bu  masalani  tadqiq  etishga 

kompaniya juda ko‘p mablag’ va inson resurslarini sarflaganiga ajablanmasa ham 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

bo‘ladi.Internetda qidirish va blokcheynda qidirish o‘rtasida uchta asosiy farq bor. 



Birinchidan, bu foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi. Shu bilan bir 

vaqtda tranzaksiyalar shaffof, har biri o‘zining shaxsiy  ma’lumotlari egasi bo‘lib, 

ular bilan qanday muomala qilishni o‘zlari hal qiladilar. Jarayonda nomini ma’lum 

qilmagan  holda  yoki  taxallus  ostida  (o‘ylab  topilgan  nom  ostida  -  anonim)  yoki 

soxta-anonim  (qisman  anonim)  ravishda  ishtirok  etishi  mumkin.  Ko‘plab 

kompaniyalar  personal  yollash  jarayonini  qayta  ko‘rib  chiqishi  va  qayta  tashkil 

qilishiga  to‘g‘ri  keladi.  Masalan, kadrlar  bo‘yicha  mutaxassis blokcheynga  yopiq 

savollar  (ha/yo‘q)  berishni  o‘rganishi  lozim:  «Siz  odammisiz?»,  «Amaliy 



matematika  sohasida  oliy  ma’lumotingiz  bormi?»,  «Scrypt,  Python,  Java,  C++ 

dasturlarida dasturlashtirishni bilasizmi?» 

Firmalarda  paydo  bo‘ladigan  mojarolarga  yana  bir  sabab,  shartnoma 

harajatlari,  narx  muhokamasi,  tovar  yoki  hizmatlar  taqdim  etish  shartlarini 

tavsiflash va hajmini aniqlash, bu bitimlarning bajarilishini ta’minlash va tartibga 

solish  hamda  ularning  ijro  etilmagani  uchun  choralar  ko‘rish  hisoblanadi. 

Shartnoma  va  bitimlar  –  nisbatan  yangi  hodisa  bo‘lib,  biz  mulkni  emas, 

majburiyatlarni almashina boshlaganda paydo bo‘lgan. Og‘zaki bitimlar ishonchsiz 

bo‘lib  chiqdi:  ularni  buzib  ko‘rsatish,  noto‘g‘ri  eslab  qolish  mumkin  bo‘ladi, 

guvohlarga  esa  doim  ham  umid  qilib  bo‘lmaydi.  Shubha  va  ishonmaslik  yangi 

odamlar  bilan  birgalikda  ishlashga  to‘sqinlik  qiladi.  Shartnomalarni  zudlik  bilan 

ijro etish lozim, shartlarning bajarilishini ta’minlashga esa faqat kuch bilan tahdid 

solish  hisobiga  erishilgan  –  buning  rasmiy  mexanizmlari  mavjud  bo‘lmagan. 

Yozma  shakldagi  shartnoma  majburiyatlarni  qayd  qilish,  ishonch  asosida 

munosabatlar  o‘rnatish  va  bir-biridan  kutadigan  natijalarni  tavsiflash  usuliga 

aylangan.  Yozma  shartnomalar  tomonlardan  biri  o‘z  majburiyatlarini  bajarmagan 

yoki  kutilmagan  voqea  yuz  bergan  hollarda  nima  qilish  kerakligini  ko‘rsatadi. 

Blokcheyn,  shartnoma  harajatlarini  pasaytirib,  firmalarga  ochilish  va  o‘z 

sarhadidan  tashqarida  yangi  munosabatlarni  rivojlantirishga  imkon  beradi. 

Consensys  (kelishuv),  masalan,  uning  hududida  ham,  hududidan  tashqarida  ham 

turli  qatnashchilar  guruhi  bilan  o‘zaro  munosabatlarni  yuzaga  keltirishi  mumkin, 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

chunki  bu  munosabatlari  an’anaviy  menejerlar  emas,  smart-shartnomalar 



boshqaradi.  Qatnashchilarning  o‘zlari  hammani  qoniqtiradigan  maqsadlarni 

belgilaydi  va  ularga  erishganlik  uchun  mukofot  oladi  –  bularning  hammasi 

blokcheynda bajariladi. 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish