244. Ko‘p qavatli sanoat binolariga qanday binolar kiradi?
Ko‘p qavatli sanoat binolariga yengil sanoat (asbobsozlik,
kimyo, oziq-ovqat, to‘qimachilik va sh.k.) korxonalari, muz-
xonalar, omborlar, garajlar, shuningdek mehmonxonalar, davo-
lash muassasalari kabilar kiradi. Sanoat binolari texnologik va
iqtisodiy omillardan kelib chiqib 7 qavat (40 m)gacha loyihala-
nadi. Sanoat binolarining eni 18, 24, 36 m va undan ortiq,
ustunlar qadami 6 m, qavatlar balandligi 1,2 m li modullarga
karrali olinadi. Ustunlarning 6x6; 9x6; 12x6 m o‘lchamli tur-
lari keng tarqalgan. Ustun turlarining o‘lchamlari muvaqqat
yuklarning miqdoriga qarab belgilanadi. Ko‘p qavatli sinch-
li binolarda devorlar o‘zini-o‘zi ko‘taradigan yoki osma bo‘ladi.
Ko‘p qavatli sanoat binolari umuman sanoat binolarining 30%
ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |