Konstruksiyalar


Ko‘p qavatli fuqaro binolarining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 7,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/252
Sana25.09.2021
Hajmi7,24 Mb.
#185396
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   252
Bog'liq
temir-beton va tosh konstruksiyalar. savol va javoblarda

247. Ko‘p qavatli fuqaro binolarining o‘ziga xos xususiyatlari 
nimalardan iborat?
Ko‘p qavatli fuqaro binolari 12–16 qavat, ba’zi hollarda 20 
qavat va undan baland qilib quriladi. Binoning ustun qadam-
lari va qavat balandligi bino o‘lchamlari va boshqa talablar os-
tida tanlanadi. Yig‘ma temir-beton sinchlardan tashkil topadi-
gan binolar elementlari ko‘p hollarda bir xil qilib loyihalanadi.
Ko‘p qavatli sinchli binolarda asosan yuk ko‘taruvchi kons-
truksiyalar – temir-beton romlar, vertikal bog‘lovchi diafrag-
malar va qavatlarni tutashtiruvchi orayopmalardir.
Bino fazoviy bikrligini ta’minlash ko‘p hollarda ularning 
konstruktiv sxemalarini kompanovkalashga bog‘liqdir.
Masalan, ramali-bog‘lagichli sistemalarda gorizontal yuk-
larni vertikal konstruksiyalar qabul qiladi, shuning uchun ular-
ga vertikal bog‘lovchi diafragmalar o‘rnatiladi. Bunda vertikal 
bog‘lovchi diafragmalar ko‘p qavatli romning bo‘ylama yo‘na-
lishi bo‘yicha bajariladi.
Bog‘lagichli va ramali sistemalarda vertikal bog‘lovchi dia-
fragmalar ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha bajariladi.


177
Sinchning ramali sistemasida yukni ustun va rigellar qa-
bul qiladi. Rigellar ustunlarga bikr biriktiriladi, natijada fa-
zoviy sistema hosil bo‘ladi. Qavatlar soni oshishi bilan shamol 
kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va rigellarida vujudga ke-
ladigan eguvchi momentlar ham ortib boradi, bu esa ustun 
va rigellar kesimini kattalashtirishni talab etadi. Bu hol bino 
konstruksiyalarini bir 
xillashtirishni (unifikatsiyalash) qiyin-
lashtiradi, shuning uchun ramali sistemalar 8 qavatdan baland 
bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali sistemalarda gorizon-
tal yuklarni to‘laligicha ko‘ndalang ramalar qabul qiladi, shu-
ning uchun ular ana shu kuchlar ta’siriga hisoblanadi.
Ramali-bog‘lagichli sistemalar balandligi 8 qavatdan or-
tiq bo‘lgan binolarda gorizontal yuklarni bikr tugunli rama-
lar va vertikal joylashgan bikrlik elementlari, vertikal yuklarni 
esa ramalar va qisman bikrlik elementlari qabul qiladi. Bunday 
elementlar sifatida odatda temir-beton devorlar-diafragmalar 
yoki metaldan ishlangan bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash 
tajribasining ko‘rsatishicha ramali-bog‘lagichli sistemalardagi 
vertikal diafragmalar gorizontal kuchlarning 80...90% ini, agar 
biroz kuchaytirilsa 100% ini o‘ziga qabul qila olar ekan. Rama-
li-bog‘lagichli sistemalarda gorizontal kuchlar tashqi devorlar 
orqali qavatlararo yopmalarga uzatiladi.


178

Download 7,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish