Saylanma.
Maxtumquli
www.ziyouz.com kutubxonasi
102
Bir kun chiqarsanku mahrum,
Kezma xush qanoat bilan.
Jonga
jafo ber, nafsga hay,
Ish qil, oxirat g‘amin ye,
Payg‘ambarga
salovat de,
Shavq etsang shafoat bilan.
Banda bo‘lsang, odamzod bo‘l,
Jabbor demabdur: "Jallod bo‘l",
Xayr ishlab bor, ozod bo‘l,
Uyalma xijolat bilan.
Odam o‘g‘li o‘zin bilmas,
Nafs payinda bekor bo‘lmas,
Qismatindan
qarich qolmas,
Kezsang yuz xayolot bilan.
Maxtumquli der: ey yoron,
Xalq
tutgan ishga men hayron,
Kechar fursat, o‘tar davron,
MashQul bo‘ling toat bilan!
Do'stlaringiz bilan baham: