Proportsional soliq stavkasi usulida foyda yoki oborotga ega bo’lgan yuridik
va jismoniy shaxslar bir xil proportsiyada (ulushda) soliq to’laydilar. Bu yerda
soliq stavkasi qat’iy o’rnatilgan bo’lib, proportsional ravishda olinadi. Masalan,
korxona asosiy fondlarining o’rtacha yillik qiymati 200 mln so’m bo’lib, undan
undiriladigan soliq stavkasi 2 foiz belgilanganda, soliq summasi hisobot yili uchun
4 mln. so’mni (200 mln x 2:100) tashkil etadi.
Daromad yoki foyda ortib borishi bilan soliq stavkasi ham ortib borishi ko’zda
tutilgan bo’lsa, bunday stavkalar progressiv soliq stavkalari deyiladi. Buni biz
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi
bo’lmaganlardan olinadigan daromad solig’i stavkasida yaqqol ko’rishimiz
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |