2.
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda biznes
rejaning ahamiyati
Biznes-rejaning mazmuni. Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda
biznes-reja muhim rol o’ynaydi. Biznes-rejaning tuzilishi va mazmuni qatiyan
chegaralanmagan. Bizning fikrimizcha, yetti bo’limdan iborat biznes-reja eng
maqbuldir.
Biznesning ta’rifi. Firmaning miqdoriy ko’rsatkichlarini, tashkiliy-huquqiy
shaklini, joyini, manzilini, ishlovchilar sonini ko’rsatish lozim. Ishlab
chiqarilmoqchi yoki bajarilmoqchi bo’lgan tovar va xizmatlarni, korxonaning
qisqacha tarixini, istiqbolini, marketing hududini, iste’molchi va ta’minotchilarni
ko’rsatish lozim.
Boshqaruv. Har bir mulk egalari va korxonaning boshqa boshqaruvchilarining
ma’lumoti, tajribasi haqidagi ma’lumotni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |