Korxonaning moliyaviy istiqboli va ko’rsatkichlari. Agar korxona yangi
tashkil etilgan bo’lsa, unda korxona egasining shaxsiy kapitalini ko’rsatish, rejali
balans tuzish, istiqbolini baholash keltirilishi lozim. SHu bilan birga kutilmagan
sarf-xarajatlar uchun muayyan mablag’larni ajratib qo’yish kerak. Agar korxona
jamoasi harakatda bo’lsa, unda oxirgi ikki-uch yil ichidagi daromad va zararlar
haqida balansli hisobotni va bugungi holati haqidagi ma’lumotni taqdim etish lozim.
Ko’rsatilgan beshta bo’lim uchun 11 yordamchi shakl tuziladi.
1-shakl. Zayom olish uchun berilgan arizaning maqsadi va uning asoslanishi.
2-shakl. SHaxsiy moliyaviy deklaratsiya.
3-shakl. Korxonaning batafsil ta’rifi.
4-shakl. Bozorning tahlili.
5-shakl. Raqobatchilar.
6-shakl. Korxonaning joylashtirilishi.
7-shakl. Korxonaning ishchilari.
8-shakl. Boshqaruv.
9-shakl. Tashkil etilayotgan yoki kengaytirilayotgan korxona uchun
moliyaviy ma’lumot.
10-shakl. Harakatdagi korxonani sotib olish uchun moliyaviy ma’lumot.
11-shakl. Rahbar uchun qiskacha xulosa.
Qator chet el mualliflari biznes-rejaning rasmiylashtirilishi shakliga e’tiborni
qaratmoqdalar. Qog’oz, papka, yozuv, varaqlarning sifati, ya’ni tashqi ko’rinishi
hujjatni o’kiyotganda ma’lum taassurot qoldirishi mumkin. Xatosiz, toza yozilgan
hujjat ishonch va hurmat uyg’otadi.
G.Berl
AQSH
turli
shtatlarining
to’qqiz
rayonlari
tadbirkor
boshqaruvchilarining tresti hisoblanmish ishbilarmonlar forumi ma’qullagan
namunali biznes-rejaning ta’rifini keltiradi. Bu quyidagilardan iborat: Hajmi 40
betgacha. Spiral mahkamlagich bilan mahkamlangan. Muqovada kompaniyaning
nomi yozilgan. Titul varag’ida esa kompaniyaning nomi va manzili yozilgan. Reja
ikki betda yozilgan kompaniyaning bugungi operatsiyalari va rejalari haqidagi
qisqacha axborotdan boshlanadi. Bo’linmalarning nomlari ilova qilingan. Matnda
yetakchi xodim va investorlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Buxgalteriya
4
hisoboti bo’yicha maslahatchi-larning va yurist-konsultantlarning taqrizlari
keltiriladi.
Biznes-rejani ishlab chiqishda undagi bo’limlar ta’rifi qisqa, tushunarli
bo’lishiga alohida e’tibor berish lozim. CHunki bular biznes-rejaga qiziquvchi shaxs
yoki bank xodimining undagi materiallarni o’qish-o’qimasligini belgilab beradi.
Xulosa qisqa bo’lib, biznes-rejaning barcha bo’limlarini qamrab olishi lozim.
Xulosada quyidagi ma’lumotlar mavjud bo’lishi tavsiya etiladi:
- korxonaning nomi, uning yuridik manzili;
- aloqa qilish uchun shaxs, uning telefoni;
- biznesning turi;
- kerakli zayom;
- zayomning maqsadi;
- mavjud aktivlar;
- mahsulot va bozor (mahsulotning qisqacha ta’rifi, uning real sotish
imkoniyatlari);
- boshqaruv (asosiy mulk egasi va uning yordamchilarining ta’-rifi);
- moliyaviy rejalar;
- sotish va daromad hajmining o’sish imkoniyatlari ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |