To’rtinchi bo’lim. «Bozor kon’yunkturasi, talab va sotuv hajmi-ning tahlili»
bo’limida talabni o’rganish va narxlarni bashorat qilishning davomi bo’lib, bu
bo’limda ishlab chiqarishning hajmi va tovarning sotilishini vaqt mobaynida
belgilab beriladi.
Biznes-rejani tayyorlash jarayonida bozorning tadqiqoti, tahli-li va
baholanishi bir tomondan, oldindan taxmin qilishga asoslan-sa, ikkinchi
tomondan, bo’lajak haridor yoki savdo tashkiloti bilan bo’lgan dastlabki bitimga
tayanadi.
Ushbu bo’limni ishlab chiqishda boshqa ishbilarmonlar mavjud-ligini,
raqobatchilar borligini, ularning imkoniyati va qobi-liyati, shuningdek, narx
siyosatini bilish lozim. Bundan tashqari, biznes-rejaga raqobatni hisobga olgan
holda tovarning sotilish hajmi kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |